Ravshan Haydarov: “O'yinimizda o'sish ko'zga tashlanmoqda”
14 avg 2013 15:30
Yangiliklar
Ravshan Haydarov: “O'yinimizda o'sish ko'zga tashlanmoqda”
O'tgan shanba kuni muxlislar yozgi davralar oralig'ida tarkibida sezilarli o'zgarishlarni amalga oshirgan ikki jamoaning o'yiniga guvoh bo'ldi.
Autsayderlar safiga tushib qolgan “SHo'rtan” 15-turda o'z maydonida “Dinamo”ni qabul qildi. Qiziqarli ruhda kechgan o'yinda 1:1 hisobida durang qayd etildi. Vaholanki, mazkur bahsda samarqandliklar o'z uylariga uch ochko bilan qaytishlari ham mumkin edi. Ammo ular yakunda tayyor g'alabani qo'ldan chiqardi.
Mazkur uchrashuvdan so'ng, “Dinamo” bosh murabbiyi Ravshan Haydarov bilan suhbatlashdik.
- Ravshan aka, avvalo “SHo'rtan”ga qarshi kechgan o'yin to'g'risida fikrlaringizni bilmoqchi edik.
- O'yinda ustunlik ko'proq jamoamiz tomonida bo'ldi. SHogirdlarim oldingi bahslarga ko'ra “SHo'rtan” bilan o'yinda mazmunli o'yin namoyish etishdi. Boshqacha aytganda, turdan-turga o'yinimiz sifati yaxshilanib bormoqda deyish mumkin. “SHo'rtan”ga bahsda jamoaviy o'yin yaxshi shakillanib borayotgani va futbolchilarning bir-birlari bilan tushunib o'ynaganlarini ko'rish mumkin edi. Umid qilamanki, bu biz uchun cho'qqi bo'lib qolmaydi va keyingi uchrashuvlarda bundan-da sifatli o'yin namoyish etib muxlislarimizni quvontiramiz.
- Jamoangiz “SHo'rtan” bilan safarda durang qayd etdi. Natijadan qoniqdingizmi?
- Safarda o'ynaganimiz uchun durang natijasi balki yaxshi natija bo'lishi mumkin. Lekin o'yinda 1:0 hisobida g'alaba qozona turib, yakunda durangga imzo chekkanimiz meni qoniqtirmadi.
- G'alabani ushlab qolish uchun shogirdlaringizga nima etishmadi?
- Bitta to'p farqi bilan yutayotgan jamoa hech qachon g'alaba qozonishiga ishonmaslik kerak. CHunki bitta to'p yakunda barchasini barbod qilishi ham mumkin. Qaltis hisob sanaladi. Bunday paytda futbolchilarda ruhiy tomondan pasayish kuzatiladi. Biz ikkinchi va uchinchi gollarni urishga harakat qilishimiz kerak edi. Ammo yigitlar biroz hotirjamlikka berildi va yakunda tayyor g'alabani qo'ldan chiqardik.
- Raqib jamoa o'yini xususida nima deysiz?
- “SHo'rtan” tarkibida ham bir qator o'zgarishlar qilindi. SHu bois bu jamoa ham hanuz o'z o'yinini topib olmagani ko'rinib turibdi. Tarkibda yangi o'yinchilar harakat qilmoqda. Ularning jamoaning o'yiniga kirishib ketishi va bir tekis o'yin ko'rsatishi uchun malum bir vaqt kerak bo'ladi.
- Ikkala jamoa safidan yaqqol ajralib turgan futbolchilar deb, kimlarni alohida ko'rsata olasiz?
- Yo'q, men biror-bir futbolchini bu borada ko'rsata olmayman. Ayniqsa jamoam safida to'p surganlarni. CHunki hamma futbolchi teng harakat qiladi jamoa manfaati uchun. “SHo'rtan”dan ham kimnidir ajratib ko'rsatishim qiyin.
- Oraliq tanaffusda “Dinamo” ham ko'plab futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi. Yangi futbolchilarning to'liq moslashib ketish jarayoni qanday kechmoqda?
- To'g'ri, davralar oralig'ida yangi o'yinchilarni tarkibga jalb etganmiz. CHunki birinchi davrada zaxira o'rindig'imiz uzun emas edi. SHuning uchun chiziqlar o'rtasidagi raqobatni yanada kuchaytirish maqsadida qarashlarimizga mos kelgan futbolchilar bilan kelishuvga erishdik.
- Agarda safga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarga etibor qatadigan bo'lsak, “Dinamo”ni ko'proq himoyachi olganini ko'ramiz. Bu nima bilan bog'liq?
- Ha, mudofaa chizig'iga bir nechta o'yinchilarni jalb etdik. CHunki Kleckov va Risqullaev jamoani tark etishganidan so'ng, himoya chizig'ida bo'shliq yuzaga kelgandi. Biz faqat himoyachi emas, yarim himoya va hujum chiziqlariga ham o'yinchilarni olib kelganmiz. Bundan ko'zlangan maqsad, boya aytganimdek, raqobatni kuchaytirish edi. Ikkinchi davrada diskvalifikaciya va shunga o'xshash boshqa muammolar yuzaga kelishi mumkin. SHu bois zaxira o'rindig'ini kuchaytirib, ko'ngilni to'q qilib oldik.
- Yozgi transfer chog'ida jamoangizning selekciya ishlaridan ko'nglingiz to'ldimi?
- Birinchi davrada tarkibimiz u qadar kuchli emasdi. Ikkinchi davraga har xolda kuchliroq tarkib bilan kirishdik. O'z rejamizga ko'ra istagan futbolchilarimizni qo'shib olishga harakat qildik. Bir so'z bilan aytganda, shunisiga ham shukur. Oraliq tanaffusda harid qilgan o'yinchilarimizning qanchalik foyda keltirishini mavsum mobaynida bilib olamiz.
- Ildar Magdeevning bugungi xolati qanday? Bu futbolchining oxirgi yillarda faoliyatida pasayish ko'zga tashlangandi.
- Magdeevning imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman. SHuning uchun ham uni tarkibimizga qo'shib olik. Mahorati bor, har xolda Osiyo maydonlarida to'p surgan futbolchi. Uning katta tajribasi bizga asqotadi degan umiddaman. Ildarning tayyorgarligini ham yaxshi deyish mumkin.
- Jamoangizning ikki nafar yangi himoyachilari Ildar Mamatkazin bilan Alisher Samatovning tibbiy ko'rikdan o'ta olmagani atilgandi. Lekin bu futbolchilar “SHo'rtan”ga qarshi bahsda maydonga tushishdi.
- Ha bu futbolchilarimiz avvaliga tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'ta olishmagandi. Lekin keyinchalik malum muolajalarni olishganidan so'ng, yana tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Bu safar endi ularning rasmiy o'yinlarda ishtirok etishiga ruhsat berildi.
- Ahrol Risqullaev va Vladimir Klikevichning ketishiga nima sabab? Yoki bu futbolchilar qarashlaringizga to'g'ri kelmadimi?
- Ikkala futbolchi ham o'z ixtiyoriga binoan klubni tark etishdi.
Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.

Fikrlar