Ravshan Haydarov: "CHempionatning birinchi turida safarda "Nasaf"dan ochko olishga harakat qilamiz"
25 dek 2013 14:29
Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "CHempionatning birinchi turida safarda "Nasaf"dan ochko olishga harakat qilamiz"
Oliy liga-2014 qura natijalaridan keyingi murabbiylar fikrini berishda davom etamiz.
Bu borada "Dinamo" bosh murabbiyi Ravshan Haydarovga ham murojaat etdik.
- Qurani ko'zi ko'r deb bejizga aytishmaydi. Menimcha hammasi yaxshi o'tdi. CHempionat timiziga kichik o'zgartirish kiritilgani qanchalik samara keltirishini vaqt ko'rsatadi.
- CHempionatning ilk uchrashuvini safarda "Nasaf"ga qarshi o'tkazadigan bo'ldik. Nima ham derdik, baribir bu jamoa bilan qachondir o'ynaymizku. To'g'ri, "Nasaf" yaxshi shakallangan jamoa. Lekin biz ham imkoni qadar Qarshidan ochko bilan qaytishga harakat qilamiz. Har xolda dastlabki o'yinda muxlislarimizni ranjitib qo'yishni istamaymiz.
- "Ajdarlar" bu o'yinga qadar Osiyo miqyosidagi o'yinlarda ham ishtirok etishadi.
- Etibor bergan bo'lsangiz, "Dinamo" chempionatni safarda boshlab, mehmonda tugatadigan bo'ldi. Tabiiyki bu biz uchun minusimizga ishlaydi", - deydi samarqandliklar ustozi Ravshan Akmalovich.
Islombek Rustambekov yozib oldi

Fikrlar