So’nggi yangiliklar

17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  1 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  2 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  3 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  12

Ravshan Haydarov: "Bugungi mag'lubiyat yigitlarni yanayam masuliyatliroq bo'lishga undaydi" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Bugungi mag'lubiyat yigitlarni yanayam masuliyatliroq bo'lishga undaydi"

Yangi Zelandiyada bo'lib o'tayogan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati “F” guruhi doirasidagi O'zbekiston U-20 - Gonduras U-20 (3:4) o'rtasidagi o'yindan keyin bo'lib o'tgan matbuot anjumanining birinchi qismida O'zbekiston yoshlar terma jamoamsi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov qatnashib, o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

Afsuski chempionatni kutilganidek boshlay olmadik. Uni g'alaba bilan boshlamoqchi edik. O'yin boshida yo'l qo'ygan xatolarimiz bizga qimmatga tushdi. Ayniqsa, darvozabon va himoyachilar xatosi juda qo'pol bo'ldi. O'yin boshida bizda yaxshi imkon bo'ldi, ammo biz foydalana olmadik, ular esa foydalanishdi”, deydi Ravshan Haydarov.

Birinchi o'yin doimo muhim bo'ladi, chunki birinchi o'yinda qo'lga kiritiladigan ochko juda muhim. Bugun xatolarimiz tufayli buni uddalay olmadik. Ular ustida ishlaymiz. Germaniyaga qarshi o'yin muhim va bu o'yin hali o'z muhimligini yo'qotmadi. Ularga qarshi o'yin uchun boshqacha tayyorlanamiz”.

Biroz rejalarimiz o'zgardi. Germaniyaga qarshi boshqacha tayerlanamiz. Bugungi mag'lubiyat yigitlarni yanayam masuliyatliroq bo'lishga undaydi, deb umid qilaman”.

“Oldimizda yana ikkita o'yin bor va ularda ochko olishga harakat qilamiz. Har bir uyinning ahamiyati boshqa. Imkoniyat bor. Ulardan foydalanamiz. Germaniyaga qarshi uyin haqida o'ylash uchun, avvalo bugungi o'yinni unutishimiz kerak. Xatolarni tahlil kilib, ular ustida ishlab, keyingi o'yinga boshqacha kayfiyatda tushamiz”, deb so'zini yakunladi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика