Ravshan Haydarov: "Bu o'yinni unutib keyingi turga tayyorgarlik ko'rish kerak"
12 okt 2014 19:59
Yangiliklar
Ravshan Haydarov: "Bu o'yinni unutib keyingi turga tayyorgarlik ko'rish kerak"
Myanmadagi Osiyo chempionatining 2-turida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi BAA bilan durang o'ynadi - 2:2.
Uchrashuvdan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.
"BAA bilan o'yinda bizda hisobni oshirish uchun bir qancha imkoniyatlar bo'ldi, lekin afsuski, bunga erisha olmadik. BAAga qarshi o'yindagi g'alaba boy berilganini unutish orqali keyingi turga tayyorgarlik ko'rish kerak. Avstraliya bilan o'yinga tayyorgarlik o'z maromida davom etadi. Bu durangni esdan chiqarib, yangi kayfiyat bilan tayyorlanamiz! Birinchi navbatda ruhan tushmaslik muhim. Jismoniy tayyorgarlikni esa dastur asosida olib boramiz. Hamrobekovga kelsak, uning ahvoli yaxshilanib borayapti. 3-turgacha tuzalib qolishi kerak, yana ko'ramiz", - deydi Ravshan Haydarov.
O'FF matbuot xizmati

Fikrlar