Ravshan Haydarov: "Birinchi o'yindagi g'alaba xursand qildi"
10 okt 2014 17:24
Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Birinchi o'yindagi g'alaba xursand qildi"
Myanmadagi Osiyo chempionatining ilk turida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Indoneziya ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvdan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.
"Birinchi bo'limda 2:0 hisobi qayd etilgach, bolalar erinchoqlik bilan o'ynay boshlashdi. Natijada Indoneziya gol urishga erishdi. Albatta, birinchi o'yindagi g'alaba xursand qiladi, lekin, uni qo'lga kiritish uchun asabiylashishga ham to'g'ri keldi. Keyingi o'yinlar uchun kerakli xulosalar chiqaramiz. Tarkib o'zgarishi mumkin, ko'ramiz. Hamrobekov jarohati sabab almashtirildi. Doktorimiz bilan gaplashib, ahvolini bilgach, shunga qarab ish tutamiz".
O'FF matbuot xizmati

Fikrlar