Ravshan Ermatov va Aziz Asimov OCHLdan o'rin olgan uchrashuvlarga tayinlanishdi
27 fev 2019 17:47
Yangiliklar


Ravshan Ermatov va Aziz Asimov OCHLdan o'rin olgan uchrashuvlarga tayinlanishdi
Hamyurtlarimiz FIFA referisi Ravshan Ermatov va Aziz Asimov Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlarni boshqarib borishadi.
Jumladan, Ravshan Ermatov 5 mart kuni bo'lib o'tadigan Qatarning "Al-Duhayl" va Eronning "Istiqlol" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga tayinlangan. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.
Aziz Asimov esa 6 mart kuni Janubiy Koreyaning "CHonbuk Xyunday Motors" va Xitoyning "Beycin Goan" jamoalari o'rtasidagi o'yinda ishlaydi. Unga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Alisher Usmonov yordam beradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar