So’nggi yangiliklar

12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  0 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  1 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  7 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  9 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  23 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  36 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  3 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  3

Ravshan Ermatov: Sifatli hakamliksiz sifatli futbolga erisha olmaymiz Yangiliklar

Ravshan Ermatov: Sifatli hakamliksiz sifatli futbolga erisha olmaymiz

O'zbekiston futbol associaciyasida Coca-Cola Superliga va Pro-liga hakamlari uchun seminar bo'lib o'tdi.

Kecha O'zbekiston futbol associaciyasi majlislar zalida Coca-Cola Superliga va Pro-ligada faoliyat yuritadigan hakamlar ishtirokida o'tgan tur uchrashuvlari yakunlariga bag'ishlangan seminar tashkil qilindi. Unda O'FA rahbariyati, O'zbekiston futbol hakamlari markazi vakillari, FIFA instruktorlari, hakamlar va nazoratchilar ishtirok etishdi.

Seminarni O'FA vice-prezidenti Ravshan Ermatov tanqidiy ruhda ochib berdi va o'z nutqi davomida mamlakatimizda futbol rivojlanayotgani, shu bilan birgalikda, uning rivojlanishida hakamlik alohida o'rin tutishi, hakamlar bir vaqtning o'zida mamlakat futbolining ham yuzi ekanligi, shu sababli hakamlardan har o'yinga yuqori tayyorgarlik ko'rish kerakligi va har bir hakam muntazam ravishda o'z ishiga nisbatan professional va jiddiy yondashishi lozimligiga urg'u berdi.

«Hakamlarimizning saviyasi futbolimizning rivojlanishiga tasir o'tkazadi. Ular yo'l qo'yayotgan xatolar jamoatchilikning etirozlariga sabab bo'lmoqda. Avval ham ko'p takidlaganmiz — sifatli hakamliksiz sifatli futbolga erisha olmaymiz. Sizlarning zimmangizda katta masuliyat bor», dedi Ravshan Ermatov.

Seminar davomida tajribali ekspertlar tomonidan tayyorlangan videoroliklar yordamida joriy yilgi Superliga bahslarida qayd etilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bazi xatolar ko'rsatib o'tilib, kamchiliklarni qanday bartaraf etish, keyingi o'yinlarda bu xatolarni takrorlamaslik uchun nimalarga ahamiyat qaratish zarurligi bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Yakkakurashlar vaqtidagi keskin vaziyatlarni o'rganish, jarima maydonchasi ichidagi qoida buzilishlari, o'yindan tashqari holatlar, qoidabuzarliklar darajasini aniqlash va shunga ko'ra jazo turlarini belgilash borasida tahliliy fikrlar aytildi.



Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика