Ravshan Ermatov Qatar - Eron uchrashuvini boshqaradi
15 jan 2015 11:55
Yangiliklar

Ravshan Ermatov Qatar - Eron uchrashuvini boshqaradi
Avstraliyada futbol bo'yicha Osiyo Kubogi bellashuvlari davom etmoqda.
Ushbu musobaqaning ochilish uchrashuvini hamyurtimiz Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov brigadasi boshqarib borgan edi. Ikkinchi turda Ravshan Ermatov "C" guruhi vakillari Qatar hamda Eron terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni boshqarib boradi. Ushbu bahs bugun Sidneyda Toshkent vaqti bilan 14:00 da boshlanadi. Unga qanotlarda odatdagidek Abdulxamidullo Rasulov hamda Qirg'izistonlik Bahodir Qo'chqorovlar yordamlashishadi
Osiyo Kubogi-2015
"C" guruhi, 2-tur, 14:00
Qatar - Eron
Bosh Hakam: Ravshan Ermatov
Qanot hakamlari: Abdulxamidullo Rasulov (O'zbekiston), Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston)
To'rtinchi hakam: Mohd Amirul Yasob (Malayziya)
Zahiradagi hakam: Jeffrey Goh Gek Pxeng (Singapur)
Nazoratchi: CHeng Yim Yau (Gonkong)

Fikrlar