So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  155 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  134 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

Ravshan Ermatov: "Orzuyim jahon chempionati finalini osiyolik hakamlar boshqarishini ko'rish" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "Orzuyim jahon chempionati finalini osiyolik hakamlar boshqarishini ko'rish"

Osiyoning eng taniqli hakami Ravshan Ermatov uchinchi marta jahon chempionatida o'yinlarni boshqaradi.

Navbatdagi mundial startiga juda oz qolgan bir paytda OFK rasmiy sayti Ermatovdan intervyu oldi. Suhbat davomida sayt xodimlari bir nechta savollarni o'rtaga tashlab ularga javob berishdi. SHuni aytish lozim, hamyurtimiz intervyu davomida o'zini juda xotirjam tutdi.

Ravshan Ermatov kim? 

Ravshan Ermatov, jahonning eng taniqli hakamlaridan biri, FIFA referisi. U besh marta (2008, 2009, 2010, 2011, 2014 yillarda) OFK tomonidan "Yilning eng yaxshi hakami" deb topilgan. Bundan tashqari O'zbekistonda 2006 yildan 2015 yilgacha ketma-ket 10 yil "Eng yaxshi hakam" sifatida etirof etilgan. Ravshan Ermatov 2017 yil faoliyati davomida beshinchi marta Osiyo chempionlar ligasi finalini boshqarishga tayinlandi. 

U bungacha 2007, 2011, 2013 va 2015 yillarda ham OCHL finalini boshqargandi. Ushbu hakam faoliyatidagi eng asosiy voqealar 2008 va 2017 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishlagani, 2001 va 2015 yillarda Osiyo Kubogi o'yinlarini boshqargani hamda 2012 yilgi Olimpiada o'yinlarida hakamlik qilganidir. 

Ermatov - jahon chempionati rekordchisi! 

2010 yilgi Jahon chempionatida Ravshan Ermatov eng yosh hakam bo'lgandi. Ushbu mundial uning faoliyatidagi eng muhim musobaqa sifatida yodda qolgan. Ermatov yosh bo'lishiga qaramay, o'z brigadasi bilan mundialda beshta o'yinni boshqarib o'ziga xos rekord o'rnatgandi. 

Oradan to'rt yil o'tib Braziliyada o'tkazilgan jahon chempionatida yana to'rtta o'yinda hakamlik qilib, jami to'qqizta uchrashuvni boshqargan dunyodagi dastlabki hakamga aylandi. SHu tariqa hamyurtimiz bungacha sakkizta o'yinda hakamlik qilgan franciyalik Joel Kuinio, meksikalik Benito Archundiya hamda urugvaylik Xorxe Larriondani ortda qoldirdi.

Ermatovning o'zi nima deydi?

Rekordlar va tarixiy natijalar bamisoli sinonimlar kabi Ermatov bilan o'sib bordi. Bugungi kunda Ravshan Ermatovni dunyoning deyarli barcha chekkasida bilishadi va hurmat qilishadi. 

- "Osiyoda hakamlik o'tgan yillar mobaynida ancha rivojlandi, - deydi Ravshan Ermatov. - Bularning barchasi uchun avvalo OFK Hakamlar qo'mitasiga minnatdorchilik aytish lozim. Qo'mita azolari bizni o'z vaqtida texnik materiallar bilan taminlab kelishdi. OFKda eng yaxshi instruktorlar ishlaydi, ular o'tkazgan seminarlar ajoyib bo'ldi. Bularning hammasi osiyolik hakamlar nufuzini oshirishga qaratildi". 

- "Bizda hali rejalar bor va o'z missiyamizni tugatganimiz yo'q. Mening niyatim jahon chempionati finalini osiyolik hakamlar boshqarishini ko'rish. Men bo'lamanmi yo boshqami farqi yo'q. SHunday dam kelishini orziqib kutaman. Yoshligimda televizor orqali jahon chempionati o'yinlarini ko'rganimda faqat o'yinga qarab qolmasdan hakamlarning ishini ham diqqat bilan kuzatardim. 

- "Menga avvalgi ikkita mundial katta dars berdi. Endilikda shuni his qila olamanki, biz jahon chempionati o'yinlarini boshqarayotganda yosh hakamlar bizga boshqacha qaraydilar, bizdan o'rnak olishga harakat qiladilar. Men uchun barchaning diqqat-markazida bo'lish oddiy gap emas, bu juda katta masuliyat yuklaydi va o'zim ham boshqalarga o'rnak bo'lishga harakat qilaman". 

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика