So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  2 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Ravshan Ermatov odil hakam bo'lganmi? Yangiliklar

Ravshan Ermatov odil hakam bo'lganmi?

Tajribali sport jurnalisti Abror Imomxo'jaev Championat.asia'ning "Jurnalist minbari" loyihasida mehmon bo'ldi.

Axbor akaga dastur davomida shunday savol berildi: 

"2018 yilning aprelida "Bunyodkor" Namanganda mehmon bo'lib, 2:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. O'shanda "Navbahor"ga g'alaba keltiruvchi gol uchrashuvga hakam tomonidan qo'shib berilgan 4-daqiqada Jahongir Mehmonov tomonidan urilgan. SHundan keyin bahsni boshqarib borgan Ravshan Ermatovga nisbatan etiroz bildirgan edingiz. 

Mana, Ravshan Sayfuddinovich faoliyatini yakunladi. Endi uning butun faoliyatiga umumiy baho berish mumkin. Nima deb o'ylaysiz, Ermatov mutlaq odil hakam bo'lganmi?"

"To'liq faoliyatiga baho berish uchun u boshqargan barcha o'yinlarni ko'rish kerak. Hozir barcha o'yinlarning translyaciyasi yo'lga qo'yilgan, tomosha qilishingiz mumkin. Oldinlari buning imkoni yo'q edi. SHu tufayli viloyat jamoalari dod deyishardi, hakamlar borib xohlagan ishlarini qilishgan. 

Men faqat ko'rgan o'yinlarim uchun javob berishim mumkin. Ravshan Ermatov O'zbekistonning eng iqtidorli hakami, jahon miqyosida ham unga etadigani yo'q. Qonun-qoida, maydonda o'zini tutishi, boshqarishi tomondan unga hech qanaqa etiroz bo'lishi mumkin emas. Lekin, uni bexato deyish ham noto'g'ri. CHunki u ham odam, u ham adashadi. Bilib xato qilganmi, bilmasdanmi bu boshqa masala. O'zi butun dunyoda mukammal hakam yo'q. SHu jumladan, Ravshan Ermatovda ham xatolar bo'lgan", — deydi A. Imomxo'jaev.


Reyting: -39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика