So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  21 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  72 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  68

Ravshan Ermatov: Messi yaxshi gapga tushunmagan Yangiliklar

Ravshan Ermatov: Messi yaxshi gapga tushunmagan

Kecha “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashi tomonidan o'tkazilgan “Istiqlol farzandlari” yoshlar festivali doirasida dunyo rekordchisi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Bunyodkor stadioniga yig'ilgan 300 nafarga yaqin yoshlar bilan uchrashish maqsadida El-yurt hurmati ordeni sohibi Ravshan Ermatov stadionga kirib keldi.er

- Assalomu alaykum, aziz yoshlar! Istiqlol farzandlari yoshlar festivali ishtirokchisi bo'lish menga ham katta faxr baxsh etadi. Muhtaram Yurtboshimizning Biz hech kimdan kam emasmiz degan gaplarining isbotini men o'z hayotim davomida topmoqdaman, - deydi kirish so'zi bilan suhbatni ochib bergan Ravshan Ermatov.

Uchrashuv boshlanishidan oldin Bunyodkor stadioni majlislar zalida Ravshan Ermatov haqidagi yangi kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi. Ushbu kitobga Ermatov o'z dastxatini qo'yib berdi. Bu kitoblar uchrashuv qahramonlariga sovg'a sifatida taqdim etildi.

Bunyodkor stadionida o'tkazilgan Ravshan Ermatov bilan uchrashuv va muloqot juda qizg'in tus oldi. Savollar ham “Kamolot” YOIH sayti, ham ijtimoiy tarmoqlar orqali, ham stadionga yig'ilganlar tomonidan berildi. Ayrimlarini etiboringizga havola etamiz.

- Faoliyatingiz davomida hozirgacha eng yorqin va esda qolarli o'yin qaysi?

- Eng esda qolarli o'yinni hech ikkilanmasdan aytishim mumkin. Bu 2010 yildagi jahon chempionatining ochilish o'yini. Yohannesburgda bo'lgan yig'ilishda hammaning oldida francuzchalab ochilish o'yinini kim boshqarishini elon qilishdi. Avvaliga hech kim ishonmadi. Ikkinchi marta o'qishdi: Ravshan Irmatov, from Uzbekistan, dedi. Biz adashib ketdi, deb o'yladik. Aslida xursand bo'lishimiz, qarsaklar yangrashi kerak edi. Lekin uchinchi marta elon qilinganda hech kimda shubha qolmadi.

- Agar jarohat olmaganingizda Messidek futbolchi bo'larmidingiz?

- Yo'q. Bunga javobim aniq, chunki Messi yagona, Messi bitta. Qolgan futbolchilar ham iqtidorli, lekin ular o'z mehnati bilan erishgan, Messi esa tug'ma istedod. SHuning uchun men Messidek bo'lolmasdim. Lekin Messi bilan maydonda ko'p muloqot qilganmiz. Bir-ikki qo'pol o'ynaganda og'zaki, inglizchalab ogohlantirganman. Gapimni tushunmaganmi yo yaxshi gapga o'rganmaganmi, oxiri sariq kartochka berganimdan keyin o'zini bosib olgan (kuladi).

Uchrashuvni yanada qiziqarli qilish uchun o'zbek blogerlari maydonga tushishdi va Ermatovga qarata noananaviy hujumga o'tishdi. Biz dialogni shundayligicha etiboringizga havola etamiz.

Savol: - Savollarimizga tayyormisiz?
Javob: - Ha.
Savol: - Yaxshi javob. Maktabda hammaning laqabi bo'lgan. Sizniki qanday bo'lgan?
Javob: - Yo'q, laqabim bo'lmagan.
Savol: - Malibu qancha benzin er ekan?
Javob: - 12 litr.
Savol: - Iqtisod har narsadan ustun. Hammani qiziqtiradigan savol: Ermatov yiliga qancha gonorar oladi?
Javob: - Bilmadim, hisoblamagan ekanman.
Savol: - Qanaqa tushlar ko'rasiz?
Javob: - Esimda qolmaydi.

SHundan so'ng blogerlar bilan dastxat-shou boshlanib ketdi.

Bunyodkor stadionidagi Ravshan Ermatov bilan bo'lgan uchrashuv va nihoyat o'z yakuniga etdi. Barcha savollarga javob olinmagan bo'lsa-da, vaqt atalmish oliy hakam o'z hukmini o'tkazdi.

Qariyb 4 soat mobaynida bo'lib o'tgan mazkur uchrashuvda yoshlar ko'zlarida quvonch bilan FIFA referisidan dastxat olishdi, birga suratga tushishdi. SHunday o'g'lonni etkazib bergani uchun Ermatovning ota-onasiga rahmat! Unga omda va muvaffaqiyat har doim yor bo'lishini tilaymiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика