Ravshan Ermatov KONKAKAF chempionlar ligasi bahsini boshqardi

Xayrulla Xoliqov
11 apr 2018, 12:37
Mamlakatimizning eng taniqli hakami Ravshan Ermatov bugun ertalab bo'lib o'tgan KONKAKAF chempionlar ligasi o'yinini boshqardi.

Meksikadagi "Acteka" stadionida bo'lib o'tgan "Amerika" va "Toronto" klublari o'rtasida kechgan uchrashuv 1:1 hisobida yakun topdi. Bu KONKAKAF chempionlar ligasi yarim final javob bahsi edi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra "Toronto" finalga yo'l oldi.

O'yinni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi yuqori saviyada boshqarib bordi. Ravshan Ermatovga qanotlarda Abdulhamid Rasulov bilan Jahongir Saidov yordam berishdi. Shu tariqa Ermatov va uning brigadasi KONKAKAF o'yinini boshqargan ilk osiyolik hakamlarga aylanishdi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia