So’nggi yangiliklar

12:01"Нефтчи" ёзги трансферлар ойнасидаги илк юришини амалга оширди   2 11:31Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши таркиби маълум  0 11:15Факт: "Қўқон-1912" Жиззахда ҳали ғалаба қозонмаган   0 10:50Нико Уильямснинг “Барселона“га трансфери барбод бўлишга яқин  13 10:21МЮ “Интер“ футболчисини 40 миллион еврога сотиб олиши мумкин  3 09:53“Барселона“ футболчиси “Челси“га ўтиши мумкин  4 09:24Италиянинг машҳур жамоаси расман профессионал мақомидан айрилди  1 08:55Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди  9 08:26Клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этаётган Европа жамоалари кечаги машғулотларни бир дақиқалик сукут билан бошлашди  0 07:58Суперлига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  2 07:30Ўзбекистон МТЖга номзод футболчи иккинчи даврани “Сўғдиёна“да ўтказади  4 01:19"Милан" "Торино" футболчисининг трансферини эълон қилди  0 01:13"Милан" Асенсио билан музокаралар ўтказмоқда  0 00:45"Ливерпуль" 20-рақамни "музлатди"  22 00:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0

Ravshan Ermatov jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi. U O'FAdan ketadimi? Yangiliklar

Ravshan Ermatov jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi. U O'FAdan ketadimi?

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Abdujabbor Abdusattorovich Abduvohidov, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati va xodimlari ishtirok etishdi.

Yig'ilishga raislik qilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.Abduvohidov so'nggi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan keng islohotlar amalga oshirilayotganini alohida takidladi. SHu bilan birga mazkur soha taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, ayniqsa aholining salomatligini mustahkamlashda ommaviy sport targ'ibotini yanada kuchaytirish zarurligiga urg'u qaratildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida vazirlik rahbariyatida tashkiliy o'zgarishlar yuz berganligi malum qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus qarori bilan Irmatov Ravshan Sayfiddinovich jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari, SHukurov Elbek Habibullaevich esa jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari etib tayinlandi.

Ravshan Irmatov – 1977 yil 9 avgustda Toshkent shahrida tug'ilgan. 1995-1999 yillarda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti (hozirgi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti)da tahsil olgan. R.Irmatov o'zining mehnat faoliyatini Respublika oliy sport futbol maktabida murabbiy sifatida boshlab, keyinchalik “CHig'atoy” futbol oliy sport mahorati maktabi murabbiyi, O'zbekiston futbol federaciyasi xalqaro markazi murabbiyi, 2004-2010 yillarda esa futbol bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiyi, 2010 yildan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Futbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi katta o'qituvchisi, 2019 yildan hozirga qadar O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti lavozimlarida ishlagan.

Ravshan Sayfiddinovichning mamlakat futboli rivoji yo'lidagi ulkan xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib etirof etilgan holda 2010 yilda “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni, 2014 yilda “El-yurt hurmati” ordeni, 2015 yilda esa “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.

Takidlash joiz, Ravshan Irmatov bir vaqtning o'zida O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.

Elbek SHukurov – 1988 yil 18 martda Toshkent shahrida tug'ilgan. 2005-2009 yillarda Toshkent davlat agrar universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2009 yil “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi Xalqaro munosabatlar, sport va yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'limi bosh mutaxassisi sifatida boshlagan. So'ngra “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi Xalqaro aloqalar bo'limi mudiri, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi raisi o'rinbosari, keyinchalik raisi, 2015-2018 yillarda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo'mitasining azosi, 2018 yildan hozirga qadar Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy-marifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

E.SHukurovning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo'lidagi xizmatlari hukumatimizning yuksak etirofiga sazovor bo'lib, 2017 yilda “Do'stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi R.Irmatov hamda E.SHukurovlarni masuliyatli lavozimlarga tayinlanganligi bilan muborakbod etadi. SHuningdek, vazirlikda samarali faoliyat olib borgan vazirning birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov hamda vazir o'rinbosari SHarif Mo'minjonovlarga kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.

Reyting: -32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика