Rasmiy xabar: Ravshan Ermatov Jahon chempionatidagi o'z rekordini yangilaydi
19 iyu 2018 18:19
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/436274_original.jpg)
![](/upload/storage/436274_220.jpg)
Rasmiy xabar: Ravshan Ermatov Jahon chempionatidagi o'z rekordini yangilaydi
FIFA Argentina - Xorvatiya uchrashuviga hakamlarni tayinladi.
21 iyun kuni Nijniy Novgorod shahridagi stadionda bo'lib o'tadigan mazkur bahsni o'zbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi. Qanotlarda unga hamyurtlarimiz Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Zaxira hakami taitilik Norbert Xauata.
SHu tariqa, Ermatov Jahon chempionatlaridagi boshqargan o'yinlari soni bo'yicha o'zi o'rnatgan rekordni yangilaydi. Bugunga qadar Ermatov JCH final bosqichlarida 9ta o'yinda bosh hakam bo'lgandi.
Argentina - Xorvatiya
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakami: Abduhamidullo Rasulov (O'zbekiston)
Qanot hakami: Jahongir Saidov (O'zbekiston)
Zaxira hakami: Norbert Xauata (Taiti)
O’xshash yangiliklar
11:26
O'zbekiston delegaciyasiga Futzal Jahon chempionati-2024 kubogini topshirish marosimi bo'lib o'tdi 4
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar