So’nggi yangiliklar

14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  0 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  1 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   2 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  8 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  20 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  6 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24

Ravshan Ermatov ishtirok etgan tadbirda "Andijon" "Muras Yunayted" bilan memorandum imzoladi yoxud Jalolobodga safar qanday o'tdi? Yangiliklar

Ravshan Ermatov ishtirok etgan tadbirda "Andijon" "Muras Yunayted" bilan memorandum imzoladi yoxud Jalolobodga safar qanday o'tdi?

Oldin xabar berganimizdek, 10 sentbyar kuni “Andijon” klubi Qirg'izistonning Jalolobod shahrida “Muras Yunayted”ga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.

Takidlash kerakki, shu kuni O'zbekiston va Qirg'iziston futboli rahbariyati, mutasaddilari ishtirokida keng qamrovli uchrashuvlar, hamkorlik borasidagi kelishuvlar amalga oshirildi va yuqoridagi o'yin ushbu tadbirning bir qismi edi.

Malumki, O'zbekiston hamda Qirg'iziston o'rtasida yaxshi qo'shnichilik, bag'rikenglik, mehr-oqibat, o'zaro ishonch tamoyillari asosida qator sohalarda istiqbolli hamkorliklar yanada rivoj topib boryapti. Navbatdagi do'stlik uchrashuvi va uning amaliy ko'rinishi sifatida bu safar sport va xususan futbol bo'yicha ikki taraflama muvaffaqiyatli kelishuvlarga erishilganligini alohida takidlash joiz.

Bunda O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti Ravshan Ermatovning shaxsan ishtirok etgani bejiz emas. 10 sentyabr kuni aynan Ermatov boshchiligidagi Andijon viloyati mutasaddilari, viloyat futboli rahbariyati va albatta “Andijon” futbol klubi Qirg'izistonning Jalolobod shahriga tashrif buyurdilar. Bundan ko'zlangan maqsad va rejalar ulkan bo'lib, ikki taraflama qator kelishuvlarga erishishdan iborat edi. Tashrif esa juda ko'tarinki va muvaffaqiyatli tarzda kechganini ayta olamiz.

Ikki tomon sporti va xususan futbolini yanada rivojlanishi hamda taraqqiy ettirish maqsadida qator memorandumlar imzolangani etiborga molik. O'zbekiston va Qirg'izistonning bir qator futbol tashkilotlari o'zaro hamkorlik borasida shartnomalar imzolashdi.

10 sentyabr kuni Jalolobodda Qirg'iz Respublikasi va O'zbekistonning davlat va shu qatorda futbol tashkilotlari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvda Andijon viloyati hokimining o'rinbosari Elyorbek Xolmirzaev, Qirg'iz Respublikasi Prezidentining Jaloloboddagi muxtor vakili Mamasoli Akmatbekov, O'FA vice-prezidenti Ravshan Ermatov hamda Qirg'iz futbol ittifoqining prezidenti Mederbek Sidiqov va yana boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv doirasida o'zaro hamkorlik qilish memorandumiga binoan tomonlar quyidagi shartnomalarga kelishib oldilar:

- Jalolobod shahri jismoniy tarbiya madaniyati bo'limi Andijon viloyati sport qo'mitasi bilan;

- Andijon viloyat futbol associaciyasi O'sh va Jalolobod futbol associaciyalari bilan;

- "Muras Yunayted" “Andijon” FK bilan;

- Asilbek Momunov nomidagi O'sh futbol akademiyasi Andijon futbol akademiyasi bilan hamkorlik bo'yicha memorandumlar imzolandi.

Aytish joizki, “Andijon” jamoamizning “Muras Yunayted” bilan hamkorlik memorandumiga asosan tajriba almashish, maslahatlashuvlar, yoshlar va ayollar futbolida, asosiy jamoalar miqyosida bir-biriga ko'maklashish, turli xil musobaqalarda ishtirok etish, yig'inlar tashkil qilish, o'rtoqlik uchrashuvlarini uyushtirish, umuman, futbol sohasida har tomonlama bir-birini qo'llab-quvvatlash bo'yicha kelishib olindi. “Muras Yunayted” tomonidan memorandumni klub bosh direktori Aybek Alibaev, “Andijon”dan esa bosh direktor Ulug'bek Mirzaev imzoladilar.

Uchrashuvdan keyin tomonlar vakillari "Muras Yunayted" bilan "Andijon" klublari o'rtasida tashkil qilingan o'rtoqlik o'yinini birgalikda tomosha qildilar. SHu bilan birga ikki tomon bir-biriga esdalik sovg'alarini topshirdilar. Andijondan kelgan ashaddiy muxlislar ham ushbu tadbirga yanada fayz qo'shdilar. Qolaversa, mehmonlar va jamoamiz azolari yaqinda Jalolobodda ochilgan “Barselona” klubi akademiyasi bilan ham yaqindan tanishdilar.

Bir so'z bilan aytganda, mezbonlar O'zbekiston delegaciyasini yuqori darajada kutib olishdi va barchasi yuqori kayfiyatda, o'zaro mustahkam ishonch asosida amalga oshirildi. Ishonamizki, ushbu tashrif va mustahkamlangan hamkorlik rishtalari albatta o'z samarasini beradi.




Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика