So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  0 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Ravshan Ermatov guruhi Meksikaga taklif etildi Yangiliklar

Ravshan Ermatov guruhi Meksikaga taklif etildi

Teglar :  Ravshan ErmatovFIFA
Xalqaro miqyosdagi musobaqalarga o'zbekistonlik hakamlarni taklif etish ananasi tobora ortib bormoqda.

Ravshan Ermatov timsolida o'zbekistonlik hakamlar nafaqat Osiyo miqyosida, balki jahon darajasidagi o'yinlarni ham adolatli va haqqoniy boshqarishib, o'zlarining nimalarga qodir ekanliklarini isbotlashyapti. Bugunning o'zida hakamlarimizning ikki guruhi xalqaro musobaqada maydonga tushadi. Valentin Kovalenko boshchiligidagi guruh Livanda, Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlarimiz esa Qatarda Osiyo kubogi saralash o'yinlarini olib borishga masul qilib belgilangan. SHuningdek, aprel oyida ham vakillarimiz bir qator nufuzli musobaqalarga biriktirilgan. Demak,

27 mart. Osiyo Kubogi - 2019 saralashi.
Livan – Malayziya. Bayrut shahri.
Bosh hakam: Valentin Kovalenko
Qanotlarda: Ruslan Serazetdinov, Alisher Usmonov.
Zaxira hakami: SHerzod Qosimov

27 mart. Osiyo Kubogi - 2019 saralashi.
Yaman – Nepal
. Betaraf sifatida Qatarning Doha shahri tanlangan.
Bosh hakam: Aziz Asimov
Qanotlarda: Andrey Capenko, Timur Gaynullin.

3 aprel. OCHL.
“Serezo Osaka” (Yaponiya) – “Jeyju Yunayted” (J.Koreya)
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Qanotlarda: Andrey Capenko, Timur Gaynullin.

10 aprel. OFK Kubogi. Mashxat shahri.
“Al-Suvayh” (Ummon) – “Malkiya” (Bahrayn)
Bosh hakam: SHerzod Qosimov
Qanotlarda: RuslanSerazetdinov, Alisher Usmonov

SHuningdek, 6-20 aprel kunlari Iordaniyaning Amman shahrida futbol bo'yicha Ayollar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Mazkur musobaqada ishlash uchun o'zbekistonlik Edita Mirobidova (bosh hakam) va Zilola Rahmatova (yordamchi hakam) taklif etilishgan.

Ravshan Ermatov boshchiligidagi Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov aslida 3 aprel kuni Osiyo CHempionlar ligasi doirasida  “SHanxay SHenxua” (Xitoy) – “Kashima Antlers” (Yaponiya) uchrashuviga tayinlangan edi. Biroq bu tayinlov FIFA tomonidan boshqa musobaqa bilan almashtirildi. Unga ko'ra, vakillarimiz 10 aprel kuni KONKAKAF CHempionlar ligasi doirasida Meksikada o'tadigan “Amerika FK” (Meksika) va “Toronto" FK” (Kanada) klublari o'rtasidagi yarim final uchrashuvini boshqarishadigan bo'lishdi.

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика