So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  2 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

Ravshan Ermatov - terma jamoalar, Kuper, totalizator, hakamlik, futzal, Superliga va boshqalar haqida Yangiliklar

Ravshan Ermatov - terma jamoalar, Kuper, totalizator, hakamlik, futzal, Superliga va boshqalar haqida

Teglar :  Ravshan ErmatovO'FA
Bugun O'FA majlislar zalida kuni tashkilotning yangi rahbariyati bilan ochiq muloqot tarzida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, O'FA bosh kotibi Avaz Maksumov, O'FA vice-prezidenti SHoakram Isroilov va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziev olib bordi. Dastlab Ravshan Ermatov 10ta yo'nalishdagi malumotlar haqida batafsil gapirib o'tdi.

“Assalomu alaykum, hurmatli OAV xodimlari, futbolimiz do'stlari va futbolimiz jonkuyarlari desam xato bo'lmaydi. Kuni kecha bo'lib o'tgan kasb bayramingiz bilan tabriklayman. Futbolni mana shunday sevib, qo'llab-quvvatlab turishingizni tilayman. Bizning eshiklarimiz doim sizlar uchun ochiq. Oxirgi yillarda futbol haqidagi maqolalarni o'qib o'zimning tasavvurlarim bor. Oldin tanqidiy maqolalar ko'p bo'lgan bo'lsa, hozirgi kunda tahliliy va taklifiy maqolalar ko'paydi. Qator takliflaringiz futbolda qo'llanilishni boshlab yuborildi. Yaqindagina ham aytdim menga bu erda turishdan ko'ra, futbol maydonida bo'lish qulayroq. Ammo mana shunday masuliyatli vazifa menga topshirilgan ekan uni sidqidildan bajaraman. FIFA va OFK og'ir, hal qiluvchi o'yinlarni ishonib topshirar edi. Har safar maydonga tushganimda bizga ishongan insonlarni uyaltirib qo'ymaslikka harakat qilganman.

Futbolimiz maqtanarli darajada emasligini barchamiz bilamiz, muammolarni ko'rib turib bir chetda qarab turish menga to'g'ri kelmaydi. Futbolimizdagi bazi og'riqli nuqtalarni ko'rsatib o'tamiz.



Birinchidan, futbolda adolat o'rnatish, kelishilgan o'yinlar va totalizatorlarni yo'qotish eng birinchi qiladigan ishimiz. Bu masalani birinchi ko'tarayotganimiz yo'q. Futbolda adolat bo'lmasa u hech qachon rivojlanmaydi. Amir Temur bobomiz bejizga “Kuch – adolatdadir” deb aytmaganlar. Xattoki dunyodagi eng kuchli hakamlar ham xato qiladi, futbol xatolardan iborat. Ammo atayin qilingan xatolar jazosiz qolmaydi. Bugungi kunda O'FA qoshida kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash bo'limi faol ishlamoqda.

Ikkinchidan, futbolimizda faxriylarimizga hurmat ko'rsatish. Tarixsiz kelajak yo'q degan maqol bor. Agar biz tarixni hurmat qilmasak kelajakni ham hurmat qilmagan bo'lamiz. OFK yoki FIFAdan kelgan mutaxassislarga futbol O'zbekistonga kecha kirib kelmaganini ko'rsatishimiz kerak. SHu bois O'FA binosidagi kichik muzeyni qayta tashkil etdik. O'zbekistonda ilk bor futbol o'yini 1912 yil Qo'qonda o'ynalganini barcha biladi. Yaqin kunlarda o'zbek futboli faxriylar kengashini qayta tiklaymiz. Ularga O'FA binosida alohida xona ajratamiz.

Uchinchidan, muxlislar masalasi. O'zbek futbol muxlislari juda ham talabchan. Muxlislar futbolning haqiqiy jonkuyarlari, biz stadionlarni suniy ravishda to'ldirish fikridan voz kechamiz. Bosqichma-bosqich rivojlanishni olib borsak muxlislar stadionlarga oqib kela boshlashadi. Ammo bazida sevimli klubi mag'lubiyatga uchraganda muxlislar tomonidan nomaqbul so'zlar aytilayotgani kuzatilmoqda. SHu bois muxlislar kengashini tashkil qilishga qaror qildik.

To'rtinchidan, murabbiylar va futbolchilar haqida. Futbolni futbol qiladiganlar murabbiy va futbolchilar. O'FA xodimlari futbolga xizmat qilish uchun keldik. Mendan boshlab tashkilotning har bir xodimi futbolimix xizmatchisi. Endi murabbiylar va futbolchilar dardini ko'proq tinglaymiz. Hamda bir paytlar bo'lgan murabbiylar kengashini qayta tiklaymiz. Bu kengashda o'zbek futboli tarixi va zamonaviy futbolni yaxshi tushunadigan murabbiylar bo'lishadi. Futboldagi har bir xato uni bir necha yil orqaga surib yuborishi mumkin.

Beshinchidan, bolalar futboli haqida. Butun dunyoda futbolning poydevori va ustuni hisoblanadi. Yurtimizda juda ko'plab futbol maktablari va akademiyalar mavjud. Yaqinda ikkita futbol akademiyasiga borib ko'rdik. Ochig'ini aytsak vaziyat juda og'ir. Yana bir muammo bolalar futbol musobaqalari juda kam. Bolalar futbol musobalari aslida har bir mahallaga kirib borish kerak. O'zimizda ham bollalar futboliga befarq bo'lmagan mutaxassislar ko'p. OFK, FIFA vakillari va o'zimizning mutaxassislarni yig'ib gaplashamiz.

Oltinchidan, terma jamoalar haqida. Sentyabr oyida milliy terma jamoamiz JCH-2022 saralashini boshlaydi. O'sha oyda O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda Osiyo chempionati saralashida qatnashadi. Noyabr oyida O'zbekiston U-19 terma jamoasi Osiyo saralashida ishtirok etishadi. Har bir terma jamoa murabbiylari bilan suhbatlashdik va ularga kerakli sharoitlar yaratib berilishini malum qildik.

Ettinchi masala bu O'FA va PFL. Bundan buyog'iga O'FA OFK, FIFA, sport vazirligi va MOQ bilan yaqindan do'st bo'lib futbol manfaatlarini ustun qo'yadigan tashkilotga aylantirmoqchimiz. Futbolda ishlaydigan har bir xodim o'z yo'nalishini chuqur biladigan mutaxassis bo'lishi kerak. O'FA va PFLda ishlayotgan har bir xodimni malakasini o'rganib chiqamiz.

Jamoalar PFLga emas, PFL jamoalarga yordam berishi va xizmat qilishi kerak.

Sakkizinchi masala bu hakamlar. Ochig'ini aytish kerak, hakamlik mavzusi futbolimizning eng og'riqli nuqtasi. Islohotlarga muhtoj bo'lib qolgan mavzu bu. Futbolni saviyasini oshirishga urinayapmiz, ammo havaskor hakamlar tufayli saviyani tushirib qo'ymoqdamiz. Hakamlar orasida haydovchilar ham bor, zavod ishchilari bor. Hakamlarni professionallikka olib o'tishimiz kerak. Hakamlardan sifat talab qilishdan oldin ularga malakasini oshirishga sharoitlar yaratib berishimiz kerak. SHundan keyin, 100 emas 200 foiz talab qilishimiz mumkin. OFK va FIFA standartlari bo'yicha hakamlarni malakasini oshirish bo'yicha ish boshlashimiz kerak. Bu hakamlar departamentiga toshirilgan.

To'qqizinchidan, xalqaro aloqalar. O'FAda ish boshlaganimning ilk kunlarida OFK prezidenti SHayx Salmon bin Xalifa qo'ng'iroq qildi va bu lavozimda omad tiladi. Kuni kecha yurtimizga OFK vakillari tashrif buyurishdi. Yana bir maqsadimiz Markaziy Osiyo Futbol Associaciyasi bilan yaqin hamkorlik qilishni istaymiz.

O'ninchidan, futzal va ayollar futboli. Futzalni oldingidek saviyaga olib chiqish ustida ish olib boramiz. Ayollar futboli yildan yilga rivojlanib bormoqda. SHuni tan olish kerak, bazi ayollar erkaklardan ham yaxshi o'ynaydigan bo'lib ketdi”, - deydi Ravshan Ermatov.

SHundan keyin jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.


- Futzal va ayollar futbolida muammolar juda ko'p. Masalan, futzal chempionatining ahvoli og'ir, haftaning o'rtasida, tomoshabinlarsiz o'tkazilmoqda. Ayollar futbolida esa zaxira yo'q. Umuman muammolar ko'p. Mening bu borada o'z takliflarim juda ko'p, ularni yozib PFLga topshiraman.

Avaz Maksumov: - Sizni quvontirishim mumkin. Tez orada ayollar futbolida U-17 chempionati paydo bo'ladi. Uning barcha sarf xarajatlarini O'FA o'z bo'yniga oladi. Futzalga kelsak, bu boradagi muammodan xabarimiz bor. CHempionat o'yinlarini juma, shanba va yakshanba kunlariga qo'yishni boshlaymiz. 1 iyuldan terma jamoamiz yig'inni boshlaydi. Terma jamoamizga etibor kuchayadi, Osiyodagi o'z o'rnimizni qaytarib olishimiz zarur. 



- Barchaning xabari bor, O'zbekiston terma jamoasi o'z bazasiga ega emas. Terma jamoamiz yig'ilsa mehmonxonada istiqomat qiladi. Mashg'ulot uchun har safar har xil stadionlarga borishadi. Qachon milliy terma jamoamiz o'z bazasiga ega bo'ladi? 

- Bu o'zbek futbolining orzusi. Juda og'riqli masalani ko'tardingiz. Yaqin yillarda bu orzu amalga oshadi deb umid qilamiz. OFK va FIFA yordami bilan baza qurish, uning yonida mashg'ulot maydonlari, tibbiy markaz tashkil etamiz.


- Birinchi savolim, oldingi rahbariyat faoliyati audit qilinmasa bo'lmaydi. Futbol ancha orqaga ketdi. Ikkinchi savolim, bu mavsum Superligada etti murabbiy istefoga chiqarildi. Kim murabbiyni himoya qiladi? Transfer oynasi vaqtida bir jamoadan ikkinchi jamoaga o'nlab futbolchilarning ko'chib o'tishiga qachon chek qo'yiladi? 

- To'g'ri aytdingiz xodimlar barchasini hal qiladi. Futbol xodimlarini audit qilish juda ham zarur. Har bir yo'nalishda o'z ishining mutaxassisi ishlashi kerak. SHu bois bu audit juda muhim. Buni mustaqil xorij kompaniyasi olib boradi. SHunda kim nima qilganini bilamiz, kim qanday mutaxassisligini bilib olamiz. Murabbiylarga kelsak, og'riqli masala. Ko'p klublarni tepasida viloyat hokimlar turishadi. Balki ular bilan ham yig'ilib gaplashib olarmiz. Murabbiyga ishonch bildirdingizmi, unga imkon bering. Qandaydir sxema ishlab chiqishimiz kerak. CHet elda murabbiy bilan shartnomani bekor qilsangiz juda katta tovon puli to'lash kerak bo'ladi. Balki bizda ham shunday qilish kerakdir. 


- Siz o'zbek futbolida oldingi ikkita rahbariyat bilan birga ishlagansiz. Ulardan sizga nima meros qoldi?

- Mendan oldin ishlagan barcha rahbarlarga minnatdorchilik bildiraman. Ularning har biri futbolimizga nimadir berishga harakat qilishgan. Mirabror Usmonov 10 yil ishlagan bo'lsalar birinchi kelganidayoq aytgandilar, men mutaxassis emasman, men sharoit yaratib berishga keldim degandilar. Bundan oldingi rahbariyat vaqtida ham rivojlanish bo'ldi. Futbolimiz TV orqali namoyish etila boshlandi va boshqalar. Futbol xatolar o'yini, shu bois hech bir rahbar sizga xatosiz ishlayman deb ayta olmaydi.


- Bizda bir paytlar plyaj futboli bo'lardi. Hozir bormi yo'qmi? 

Avaz Maksumov: - O'z vaqtida Alisher Fayziev bilan birga shaxsan o'zim ishlaganman. To'g'ri aytdingiz oldin bor edi, hozir yo'q. Maydon masalalari bo'yicha muammolar ko'p. Qarshida plyaj futboli bo'yicha alohida maydon bor. OFKdan bu borada yordam so'raymiz. Terma jamoamizni qayta tiklab yaxshi natijalarga erishimiz kerak. 


- Ayollar futboli va futzalni Superliga klublariga majbriy qilib belgilashga qanday qaraysiz? Bu shunday davom etadimi? 

Avaz Maksumov: - O'z vaqtida ayollar futboli ham, futzal ham alohida tashkilot edi. O'sha paytda ham bitta yoki ikkita klubning homiysi bor edi. Bugungi kunda ayollar futboli va futzalning egasi paydo bo'ldi. Yani o'sha Superliga klublari. Uyda-mehmonda o'ynash boshlandi, klublarga alohida ekipirovkalar berilmoqda. 


- Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini davom ettiradimi? 

- Boshida men ham shunday o'ylagan edim. Ammo futbolni ichiga kirganimdan keyin tushundimki bu juda qiyin ekan. Bir vaqtning o'zida ikkita quyonning ketidan yuguradigan bo'lsak ikkalasini ham qo'ldan boy berishingiz mumkin. Oldimdagi eng asosiy maqsad o'zbek futboli haqida bosh qotirish. Menga xalqaro faoliyatimni davom ettirish imkoniyati berildi, ammo vaqt kam. Bir ishga qo'l urdikmi, borimizni berishimiz kerak.


- Yaqinda Azamat Abduraimov boshchiligidagi U-16 terma jamoasi Tojikiston bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Birinchisida 0:4 hisobida yutqazdik, ikkinchisida 2:1 hisobida yutdik. Murabbiylar ishi tahlil qilib boriladimi? 

Ramil Ilyasov (Terma jamoalar departamenti boshlig'i o'rinbosari): - Biz Azamat Abduraimov bilan suhbatlashdik. Tojikistonga 5-6 nafar yangi futbolchilar olib borilgani va ushbu o'yinlardan oldin asosiy etibor jismoniy tayyorgarlikka bo'lganini malum qildi. 


- O'zbekistonda deyarli barcha klublar davlatga qarashli. O'FA oldida xorijiy investorlarni jalb qilish yoki kompaniyalarni olib kirish rejasi bormi? 

Diyor Imomxo'jaev: - Klublarimizga 80 kilolik toshni berayapmiz va uni ko'tar deyapmiz. Ammo ular 40 kiloni ko'tara olishadi. Klublarda pul kam to'g'ri, yana ayollar va futzalni qo'shib qo'yildi deyilmoqda. Ammo buning barchasi OFKning talabi. SHu bois PFL buni bajarmoqda. Biz ham klublarimizda katta pullar bo'lishini istaymiz.


- Milliy terma jamoa o'yinlarini viloyatlarda o'tkazish imkoni bormi? 

Ramil Ilyasov: - Jahon chempionati saralashini biz ham viloyatlarda o'tkazishni istaymiz. Reglamentga ko'ra mehmon jamoa besh yulduzli mehmonxonada yashashi kerak, hakamlar ham besh yulduzli mehmonxonada istiqomat qilishi shart. Viloyatlarda aynan mehmonxona bo'yicha muammolar ko'p. Samarqandda ikkita besh yulduzli mehmonxona bor. Ammo bu shahardagi infrastruktura katta saviyadagi o'yinni o'tkazish imkoniyatini bermaydi. 


- Ektor Kuper bugungi kunda Afrika millatlar kubogida ekspert bo'lib ishlamoqda. To'g'ri u tatilda. Lekin shu tatilni Superligada bo'ladigan tanaffus vaqtida olsa bo'lmasmidi? 

- Kuperning yillik rejasi yani taqvimi ancha oldin tasdiqlangan. SHu bois hozir Kuper Afrika millatlar kubogida ekspert bo'lib ishlamoqda. 


- Yangi rahbariyatdan moliyaviy shaffoflikni kutsak bo'ladimi? Masalan, Kuperning maoshi, futbolchilarning transfer narxi. 

- Kuperning shartnomasida maoshni oshkor qilmaslik bo'yicha kelishuv bor. Uning shartnomasida O'zbekiston terma jamoasini JCH-2022ga olib chiqish yozib qo'yilgan. Futbolchilarning shartnomasi bu klublarning shaxsiy ishi shu bois uni biz oshkor qila olmaymiz.

 

- Futzal terma jamoamiz yaqinda Osiyo chempionati saralashida qatnashadi. Bu qita chempionati Jahon chempionatiga yo'llanma beradi. SHaxsiy futzal klublariga taqiq qo'yilgani bois "Ardus", "Kogon", "Maksam CHirchiq", "Nafis" kabi klublar bir yil chempionatda ishtirok etishmadi. Bu bilan besh yil orqaga ketdik...


- Terma jamoamiz 1-26 iyul kunlari Toshkentda yig'in o'tkazadi. Terma jamoada 28 nafar futzalchi qatnashadi. SHaxsiy klublarga taqiq qo'yilishiga kelsak balki o'sha paytda xatolik o'tgandir. Bu borada hech nima deya olmayman. Lekin bu yil boshida shaxsiy klublarga imkon berildi va saralashdan faqat "Maksam-CHirchiq" klubi o'ta oldi xolos.



- Bekorda tadbir boshida sizlarni futbolning do'sti deb aytmadim. Qars ikki qo'ldan chiqadi, birgalikda ishlasak g'alaba ham barchamizni bo'ladi. Bizning eshigimiz siz jurnalistlar uchun doimo ochiq, - deydi Ravshan Ermatov.  

Reyting: +74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика