Ravshan Ermatov 11-o'yinga tayinlandi
23 iyu 2018 21:34
Yangiliklar
25 iyun kuni Kaliningrad shahridagi stadionda bo'lib o'tadigan mazkur bahsni o'zbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi. Qanotlarda unga hamyurtlarimiz Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Zaxira hakami Muhammad Abdulla (BAA).
Ermatov 2-turdan o'rin olgan Argentina - Xorvatiya uchrashuvida ham ishlagan edi.
SHu tariqa, Ermatov Jahon chempionatlaridagi boshqargan o'yinlari soni bo'yicha o'zi o'rnatgan rekordni yangilaydi. Bugunga qadar Ermatov JCH final bosqichlarida 10ta o'yinda bosh hakam bo'lgandi.
Ispaniya - Marokash
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakami: Abduhamidullo Rasulov (O'zbekiston)
Qanot hakami: Jahongir Saidov (O'zbekiston)
Zaxira hakami: Muhammad Abdulla (BAA)

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar