Ravshan Do'rmonov xotirasi uchun turnir bo'lib o'tdi
08 apr 2019 15:49
Yangiliklar


Ravshan Do'rmonov xotirasi uchun turnir bo'lib o'tdi
Xotira muqaddas! Xotira aziz! O'tganlarni yod olish esa barchamizning burchimizdir.
47 yoshida vafot etgan Surxondaryo futbolining yorqin namoyandasi, Do'rmonovlar sulolasining kenja vakili, o'z vaqtida “Dinamo” jamoasi sharafini munosib himoya qilgan Ravshan Do'rmonov xotirasiga Toshkentda futbol turniri o'tkazildi.
Ushbu musobaqada 4ta jamoa ishtirok etdi: "Inter", "Inter Sport", "Polyot" va "Sardor".
Kecha uchinchi o'rin uchun bahsda "Inter Sport" va "Polyot" jamoalari kuch sinashishdi. Unda "Inter Sport" 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Finalda esa "Inter" hamda "Sardor" to'qnash kelishdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa "Sardor"ga omad kulib boqdi.
foto: Jahongir Fayzullaev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar