So’nggi yangiliklar

23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  1 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  3 22:20Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  76 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  30 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  14 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  73 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  8 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  3

Ravshan Bozorov: “Og'ir o'yinda iroda ko'rsata oldik” Yangiliklar

Ravshan Bozorov: “Og'ir o'yinda iroda ko'rsata oldik”

“Navbahor” – “Neftchi” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” jamoasi bosh menedjeri Ravshan Bozorov ishtirok etib jurnalistlarning savollariga javob qaytardi:
- Bugungi o'yin “derbi” maqomiga ega bo'lganligi sababli og'ir bo'ldi. SHu sababli bahs murosasiz ruhda o'tdi. Bu kabi uchrashuvlarda kim g'alabaga bo'lgan irodani namoyish eta olsa yutuqqa erishardi. Yigitlar irodalarini namoyish etganliklari uchun ularga rahmat aytaman.

Bahs davomida darvozalar oldida xafli vaziyatlar soni u qadar ko'p sodir etilmagan bo'lsada uchrashuv muxlislarga qiziqarliligi jihatidan yoqdi deb o'ylayman. Jizzaxda “So'g'diyona” bilan o'tadigan uchrashuvda ham ana shunday tarzda o'yin ko'rsata olamiz deb o'ylayman. SHu sababli, Jizzaxga g'alabani ko'zlagan holda boramiz. Yigitlar iroda ko'rsata olishsa va o'zlarini o'yinga munosib tarzda tayyorlay olishsa va belgilangan ko'rsatmalarni bajara olishsa maqsadga erishsa bo'ladi.

Toshkentdagi uchrashuvni dastlabki o'n daqiqasi muvaffaqiyatsiz tarzda o'tkazdik. Aynan shundan keyin yigitlarga ruhiy tomondan qiyin bo'ldi. Oldimizda g'alaba qozonishdan boshqa yo'l qolmagandi. SHu sababli futbolchilarni uchrashuvga ruhiy tomondan tayyorlashga ham alohida etibor qaratdik. “Lokomotiv” bilan o'tgan uchrashuvni unutgan holda maydonga tushgan yigitlarimiz o'z oldilariga qo'yilgan vazifani bajarishdi. Futbolchilik faoliyatim davomida hujumi bo'lganligi sababli, hujumkor tarzda harakat qilishni maqsad qilgandik. Ikkinchi bo'limni ana shunday o'tkazish maqsadida Isoqjonovni zaxiradan tarkibga qo'shdik. Yakunda ushbu rejamiz ish berdi. Keyingi uchrashuvlarda ham himoyani unutmagan holda hujumkor futbol namoyish etamiz. Keyingi uchrashuvlarda ham himoyani unutmagan holda hujumkor futbol namoyish etamiz.

"Navbahor" matbuot xizmati
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика