So’nggi yangiliklar

21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1

Ravshan Bozorov: "Maqsadimiz Haqqulobod ahlini g'alabalar bilan xursand etish" Yangiliklar

Ravshan Bozorov: "Maqsadimiz Haqqulobod ahlini g'alabalar bilan xursand etish"

Teglar :  Ravshan Bozorov
Dinamo - Norin (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ravshan Bozorov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O'z vaqtida Samarqandda futbolchi sifatida ajoyib damlarni o'tkazganim bois, bu shaharga qaytish men uchun doim yoqimli. Muxlis meni hamon eslashi ham xursand qildi - deya gap boshladi Ravshan Bozorov.

- O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, bugun muxlislar ancha shiddatkor bahs guvohiga aylanishdi. Samarqanddan ochko bilan qaytishni maqsad qilgan edik, biroq mezbonlar bizga qaraganda kuchli ekanliklarini maydonda ko'rsatishdi. SHogirdlarimga hech qanday etirozim yo'q. Dinamo tajriba bobida bizdan ustun edi. Ularga omad tilab qolaman.

- Norin jamoasi o'yini ham ancha shakllanganligi ko'rinib turibdi. Jamoaning oldiga qanday maqsad qo'yilgan?

- Oldimizdagi birinchi o'rindagi masala bu – uzoq muddat katta futboldan bebahra qolgan Haqqulobod ahlini g'alabalar bilan xursand etish. O'ylaymanki, g'alabalar bilan ularni xursand eta olamiz.

- Birinchi Liga bahslarining dastlabki turlari yakuniga ko'ra, joriy yilgi mavsum birinchilikida o'sish kuzatilayaptimi?

- Bu yil Oliy Ligaga chiqish uchun kurash olib borayotgan jamoalar ko'pligini inobatga olib, aytish mumkinki Birinchi Ligada ham o'sish kuzatilmoqda. CHunki, shunday mavsumlar bo'lardiki, hech bir jamoani Oliy Ligaga chiqish uchun davogar deya olmasdik. Hali qandaydir xulosa qilishga erta bo'lsada, fikrimcha bu yilgi birinchilik bahslari ancha qiziqarli o'tadi. CHunki ligada tengkuchli jamoalar soni ham ortgan.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика