So’nggi yangiliklar

09:42"ФарДУ" Про-лига янги мавсумига тайёргарликни Тошкентда давом эттиради  0 09:10Нима учун водий клубларида муаммолар бўлаверади? "Нефтчи"нинг трансфер тақиқи ва бошқа мавзулар — Камолиддин Мурзоев билан интервью  0 08:4538 ёшли Рамос янги жамоасида қайси рақамда ўйнайди?  0 08:15Расман: "Бунёдкор" хорватиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 07:31Дилшод Жўраев: "Хоразм"нинг Суперлигада ўйнашига охиригача ишонгандик"  0 03:20Испания Кубоги. "Барселона" чорак финалда қийинчилик кўрмади, Торрес собиқ жамоасини аямади  64 02:57"Ливерпуль" катта қийинчиликсиз Англия Лига Кубоги финалига йўл олди  5 02:32А Серия. "Интер" қолдирилган ўйинда йирик ҳисобда ютқазди  2 00:56Моуринью футбол тарихидаги энг зўр уч футболчи номини айтди  30 00:21Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" Карим Бенземанинг 90+6-дақиқадаги голи эвазига ғалабага эришди  1 23:54"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисига А Серия клублари даъвогар  0 23:25ЕЧЛ форматида яна ўзгариш бўлиши мумкин  2 22:55Жозе Фонте: "Роналду мингта гол ура олади"  3 22:29Назорат ўйини. "Бухоро" Қозоғистон жамоасини ишончли ҳисобда доғда қолдирди  4 21:59ЎФА "Нефтчи", "Навбаҳор" ва "Сўғдиёна"га қарзларни бартараф қилиши учун муддат белгилади  5

Ravshan Bozorov: “CHempionat saviyasi past bo'lgan degan fikrga qo'shilmayman” Yangiliklar

Ravshan Bozorov: “CHempionat saviyasi past bo'lgan degan fikrga qo'shilmayman”

Garchi O'zbekiston Birinchiligi debyutanti bo'lsa-da, “Norin” mavsumni yomon o'tkazayotgani yo'q.
O'z vaqtida mamlakatimizning eng yaxshi hujumchilarida biri bo'lgan Ravshan Bozorov murabbiylik qilayotgan haqqulabodliklar turnir jadvalida yuqori o'rinlaridan joy olib turgani so'zimizga isbot bo'la oladi. CHempionatning 7-turida liga etakchilaridan biri “Oq-tepa” jamoasi mehmoni bo'lgan “Norin” so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi. Uchrashuv yakunlangach, mehmonlar ustozi Ravshan Bozorovni suhbatga tortdik.

Dastavval, “Oq-tepa”ga qarshi o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

Birinchi bo'limda ustunlik mezbonlar tarafida edi, ammo darvozalar oldida xavfli vaziyatlarni yaratish borasida har ikkala tomon ham teng imkoniyatga ega bo'ldik. Tanaffusdan keyin gol urish uchun bizda ko'proq imkoniyatlar bo'ldi, biroq foydalana olmadik. Hisob o'yinga mos, deyish mumkin, lekin golga tortadigan yuz foizli hujumlarni biz tashkil qilgandik. Uchrashuv menga yoqdi, o'ylashimcha, ishqibozlarga ham manzur bo'lgan. Boisi, stadionga tashrif buyurganlar hujumkor, gollarga boy bellashuvning guvohiga aylanishdi.

Uchrashuvdan avval raqibni o'rganib chiqqanmidingiz?

Ochig'i, raqibni o'rganib chiqmagandik. SHunchaki, xabarlar orqali bilib borayotgandik. Tarkibidagi o'zgarishlarni bilardik. Qolaversa, deyarli har bellashuvda boshqa-boshqa futbolchilar maydonga tushayotganidan ham xabarimiz bor edi. Biz avvalo o'zimiz o'yinga tayyorlangandik. CHunki qaysi raqibga qarshi o'ynashingizdan qatiy nazar, avvalo jamoaning o'zi uchrashuvga tayyor bo'lishi lozim. SHuning uchun o'z o'yinimizni yaxshilash borasida ishladik. Natijasini ko'rib turibsiz. Futbol shunday o'yin! Unda hisobni oldindan aytib bo'lmaydi.



“Oq-tepa”dan shunday o'yin kutganmidingiz?

Bu jamoa istaysizmi-yo'qmi, tajribali hisoblanadi. Tarkibida mahoratli o'yinchilar ko'p. Ammo o'yinning borishi bizga ham bog'liq edi. Biz yangi mavsum hisobidan ilk marta suniy maydonda to'p surdik. Haqqulaboddagi maydonimizga tabiiy chim yotqizilgan. Suniy maydonda o'ynashga ulgurmagandik. Mezbonlar aksincha, bu maydonga moslashib ulgurgan. Raqib haqida iliq fikrlarni bildirish mumkin. Jamoa to'p uzatishlarga asoslangan futbol o'ynadi. Qisqasi, “Oq-tepa”ning o'yini menga manzur bo'ldi.

Murabbiy sifatida bu natija sizni qoniqtirdimi?

Albatta yo'q. O'yin va darvozalar oldida yuzaga keltirilgan vaziyatlarni inobatga oladigan bo'lsam, natijadan qoniqmadim. Meni qoniqtirgan jihat shu bo'ldiki, yigitlar oxirigacha kurashishdi. Natija uchun borlarini berishdi. Aytganimdek, hisob meni qoniqtirmadi, namoyish qilgan o'yinimiz ham. Bu borada hali ishlashimiz kerakligi ko'rinib qoldi.

Siz futbolchi sifatida o'ynagan vaqtlarda hujumchilar bir mavsumda 40-50ta gol urardi. Hozir to'purar hujumchilar deyarli yo'q. Bu nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz? O'sha paytlarda chempionatimiz saviyasi past bo'lganmi?


Bilmadim, balki hujumchilar o'z ustida kam ishlayotgandir? CHempionat saviyasi past bo'lgan degan fikrga qo'shilmayman. Agar hujumchi o'z ustida ishlasa, gol urish osonlashaveradi. Buning uchun mashg'ulotdan keyin kamida bir soat darvoza oldida ishlashi lozim. SHundagina o'sish bo'ladi. Ikkala davr hujumchilarining orasidagi yana bir farq, professionallik bo'lsa kerak. Biz o'ynagan vaqtlarda mahorat yuqori bo'lganmi? Bilasiz, avvalgi davr o'yinchilari boshqa futbol maktabida tahsil olishgan? Aslida gap unda ham emas. Futbolchi doimo o'z ustida ishlashi shart! Bir, bir yarim soat davom etadigan mashg'ulotlar bilan ko'p narsaga erishish mushkul. SHu bois mashg'ulotlardan keyin alohida shug'ullanish maqsadga muvofiq.   

“Norin” jamoasining bu yilgi maqsad va vazifalari haqida ham to'xtalib o'tsangiz.

Oldimizga aniq bir vazifa qo'yilmagan. Biz har bir o'yinga g'alaba uchun chiqamiz. Qo'l ostimda tajribali o'yinchilar bilan qatorda yoshlar ham to'p surmoqda. Bu orqali yoshlarni tarbiyalash ko'zlangan. SHundan keyingina oldimizga qandaydir vazifa qo'yilar? Bu balki kelasi yil yoki undan keyingi mavsumga to'g'ri kelar? Hozir asosiy maqsadimiz muxlislarimizni xursand qilishdir. Haqqulaboddagi o'yinlarimizda ishqibozlarni stadionni to'ldirib, bizni qo'llab-quvvatlab turishibdi. Ularning hurmati uchun ham chiroyli, hujumkor o'yin ko'rsatishga harakat qilyapmiz.

Toshkent safari chog'ida endi “Lokomotiv-BFK”ga qarshi maydonga chiqasizlar. Jamoaning bugungi salohiyatidan kelib chiqqan holda poytaxtga kelishdan avval ortga necha ochko bilan qaytishni rejalashtirgan edinglar?


(kulib) Takidlaganimdek, biz har bir o'yinga g'alaba uchun chiqadi. Uchrashuv uyda bo'ladimi yoki safarda buning hech qanday ahamiyati yo'q. Aslida barcha murabbiylar jamoasini o'yinga g'alaba uchun tayyorlaydi. Biz durang uchun o'ynaymiz, deydigan mutaxassis bo'lmasa kerak. SHundan kelib chiqqan holda aytishim mumkin, Haqqulabodga olti ochko bilan qaytmoqchi edik. Ammo bugun “Oq-tepa” bilan durang o'ynab qo'ydik. Demak, ikki ochkoni qo'ldan chiqardik. “Lokomotiv-BFK” bilan bo'ladigan bahsda ham g'alaba uchun harakat qilamiz. Natija qanday ko'rinish olishini bellashuvdan keyin bilib olamiz.

Furqatbek NISHONOV suhbatlashdi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика