So’nggi yangiliklar

07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  5 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  12 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  10 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  5 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  20 20:52Даҳшатли автофалокатга учраган Антонио етти ой деганда майдонга қайтди  0 20:21Индзаги Б Серия клубига бош мураббий бўлди  8 20:01"Ливерпуль" Малик билан музокараларни бошлади  0 19:39Рамос: "Беш йилдан кейин Мбаппе 4-5 та "Олтин тўп"га эга бўлади"  14

Raul Kaneda: "Toshkentga g'alaba uchun kelganmiz" Yangiliklar

Raul Kaneda: "Toshkentga g'alaba uchun kelganmiz"

Teglar :  Raul Kaneda
"Bunyodkor" - "Al Nasr" uchrashuvidan oldin matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Raul Kaneda qatnashdi.
 Bosh murabbiyga futbolchi Hasan Al Raheb hamrohlik qildi.

"Barchaga xayrli kun. Ajoyib ob-havoga ega Toshkent shahriga kelganimdan xursandman. “Bunyodkor”ni yangi va yosh futbolchilarni tarbiyalayotgan kelajagi porloq klublardan biri deb hisoblayman. Birinchi o'yindagi durangdan so'ng imkon qadar tezroq 3 ochkoni qo'lga kiritishni o'ylayapmiz. Umid qilamanki, bu ertaga sodir bo'ladi. Bizning guruh eng qiyini deb o'ylayman. So'nggi turga qadar keyingi bosqichga kim chiqqanini bilish dargumon. Biz O'zbekistonga 3 ochko olib ketish uchun kelganmiz”, - deydi Kaneda.

“Biz bu erga ijobiy natijani qo'lga kiritish uchun keldik. “Bunyodkor” juda kuchli jamoa, ammo murabbiyimiz aytganidek g'alaba qozonishni istaymiz. Birinchi o'yindagi durang biz uchun mag'lubiyatga teng bo'ldi. Bu erga OCHLdagi dastlabki g'alabaga erishish uchun kelganmiz”, - deydi Hasan Al Raheb.



- Siz kelganingizga bir haftacha vaqt bo'ldi. Ertaga siz ishonch bilan yutamiz deyapsiz. “Al Nasr”da nimani o'zgartira oldingiz?
- Jamoada nimanidir o'zgartirmadim. SHunchaki yigitlarning imkoniyatini yaxshi bilaman. Jamoani yarim yildan buyon kuzatib yurgandim. Jamoada g'alabaga bo'lgan ishonch katta. SHu bilan bir qatorda “Bunyodkor”ning yosh futbolchilariga ham hurmat saqlagan holda g'alaba qozonishni istaymiz.

- O'tgan o'yinda siz Igitaga maslahatlar berdingizmi?
- Yo'q, o'sha o'yinga kelgandim. Ammo hali bosh murabbiy bo'lmagandim. “Bunyodkor”ga qarshi o'yindan so'ng meni tayinlashdi. Birinchi turda jamoani to'laligicha Igita boshqardi.

- “Al Vahda”ga qarshi o'yinda siz bosh murabbiy sifatida ilk o'yinni o'tkazdingiz. O'sha o'yindan qoniqish hosil qildingizmi?
- O'yindan to'laligacha qoniqdim deya olmayman. Bizda uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish uchun vaqtimiz etarli bo'lmadi. Agar g'alaba qozona olsak bizni to'xtatib qolish qiyin bo'ladi.

- Mali va polshalik futbolchilarning holati qanday?
- Men futbolchilarni mahalliy va legionerga ajratmayman. Bazi futbolchilarda jarohatlar bor, ammo umid qilamanki ertaga barcha futbolchilar maydonga tusha olishadi.

Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика