So’nggi yangiliklar

11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  0 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  2 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  1 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  16 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3

Raul Kaneda: "Omad tufayligina gol o'tkazmadik" Yangiliklar

Raul Kaneda: "Omad tufayligina gol o'tkazmadik"

Teglar :  Raul Kaneda
"Bunyodkor" - "Al Nasr" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Raul Kaneda qatnashdi.
"O'yinoldi matbuot anjumanida "Bunyodkor" safida ko'plab qobiliyatli futbolchilar borligi haqida aytgandim. Bugun biz to'pni o'zimiz ko'proq nazorat qilib g'alabaga erishdik. Birinchi bo'limda o'yinga tanlagan rejamiz amalga oshdi, ikkinchi bo'limda bu ko'p ham o'xshagani yo'q. CHunki mezbon jamoa hisobda ortda qolayotib doim hujumga o'tadi. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz chiqmaganini shu bilan izohlay olaman. Qarshi hujumlarda bir qator imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ammo gol ura olmadik, raqib ham vaziyatlar yaratdi. Omad tufayligina gol o'tkazib yuborishdan qutulib qoldik", - deydi Raul Kaneda.

"Uch ochkoni osonlik bilan qo'lga kirita olganimiz yo'q. Raqib kuchli, ammo g'alabadan xursandmiz", - deydi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Modibo Mayga.

- Saudiya Arabistonidagi va bugungi "Bunyodkor"ning farqi nimada?
- Ular emas biz boshqacharoq o'ynadik. "Bunyodkor" to'p bilan muomala qilishda juda katta ustunlikka ega bo'ladi. Biz bunga yo'l qo'ymadik.

- Avgust oyida APLda o'ynab yurgandingiz. Hozir esa Saudiya Arabistonida o'ynayapsiz. Ligalar saviyasi qanchalik farq qiladi?
Modibo Mayga: - Juda katta. Ligalar orasida juda ham katta farq bor. To'g'ri Saudiya Arabistoni ligasi ham oson emas, ammo APLni bu liga bilan solishtirib bo'lmaydi.

- O'tgan o'yinda darvozaboningiz juda ko'plab xatolarga yo'l qo'ygandi. Bugun murabbiy sifatida Zuhurovning o'tkazib yuborgan goliga qanday munosabatdasiz?

- To'g'ri o'tgan uchrashuvda posbonimiz xatolar qilgandi. U bilan darvozabonlar murabbiyi Igita ishladi va bugun deyarli xatoga yo'l qo'ymadi. Zuhurovning o'tkazib yuborgan goliga hech qanday munosabat bildira olmayman. Sababi u raqib safida o'ynadi.

- Jamoa zaxirasi juda kattadek ko'rindi. Bu musobaqa strategiyasimi yoki o'sha zaxirani ko'ra olmayapsizmi?
- Biz yarim kuch bilan o'ynaganimiz yo'q. "Bunyodkor" juda kuchli klub. SHu bois bugun bor kuchimiz bilan harakat qildik.

- "Bunyodkor" safidagi qaysi himoyachiga qarshi o'ynash qiyin bo'ldi?
- Alohida futbolchini ko'rsata olmayman, butun jamoaga qarshi o'yin qiyin kechdi.

- "Al Nasr" keyinchalik 3 hujumchi bilan o'ynashi mumkinmi?

- Agressiv o'yin namoyish etish uchun hujumchilar sonini ko'paytirish shart emas. Ammo keyingi bahslarda buni sinab ko'ramiz.

 Narzulla Saydullaev
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика