So’nggi yangiliklar

04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  94 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8

Rauf Inileev: O'smirlarimizda mahoratli futbolchilar kamligi ko'rinib qoldi Yangiliklar

Rauf Inileev: O'smirlarimizda mahoratli futbolchilar kamligi ko'rinib qoldi

BAAda davom etayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashgan O'zbekiston terma jamoasi o'z ishtirokini yakunladi.
Futbolchilarimiz musobaqaning 1/16 finalida Gondurasga imkoniyatni boy bergan holda ortga qaytishdi. Xo'sh, o'smirlarimiz turnir davomida qanday taassurot qoldirishdi? Mutaxassis ko'zi bilan qaraganda ular nimani qoyillatishdi-yu, chorak finalga chiqish uchun nima etishmadi? Mana shu kabi savollarga javob topish maqsadida taniqli murabbiylardan biri Rauf Inileevga yuzlandik.

- O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati hali tugagani yo'q, shu bois turnir haqida xulosa chiqarishga hali erta, - deya so'z boshladi Rauf Talgatovich - Ammo kichik mundialda o'smirlarimizning ishtiroki xususida fikr bildirishim mumkin. SHaxsan menga o'zimizning futbolchilar ko'proq jamoa sifatida yoqdi. Lekin katta vazifalarni bajarishga hali tayyor emas ekanmiz. Eng avvalo himoyada yaxshi to'p surdik deb ayta olaman. Buni boshqalarga nisbatan kam gol o'tkazib yuborganimiz ham aytib turibdi. Lekin hujumdagi ishimiz unchalik qovushmadi. Bunga esa futbolchilarda individual mahorat kam ekanligi sabab bo'ldi.

- Bu jamoaning Meksika-2011da qatnashgan jamoadan farqi nimada deb o'ylaysiz?  
- Farqi shundaki, 2011 yilgi mundialda Aleksey Evstafeev qo'l ostida Abbos Maxsitaliev, Timur Hakimov singari alohida mahorati yuqori bo'lgan o'yinchilar bor edi. Lekin afsuski, hozirgi jamoada bunday futbolchilar ko'zga tashlanmadi.

-   BAAda jamoamiz ko'rsatgan o'yin uslubi borasida nima deya olasiz?
-   Deyarli barcha uchrashuvlarni ikkinchi raqamli jamoa sifatida o'tkazdik. Umuman olganda, jamoaviy o'yinimiz joyida bo'ldi. Lekin aytib o'tganimdek, hujumda ishonchli va tajovuzkor harakat qila olmadik. Gollarni ham asosan standart vaziyat va raqiblarning xatosidan so'ng urdik.

-   Musobaqada imkon qadar uzoqqa borishimiz uchun nima etishmadi?
-   Futbolchilarda mahorat kamligi pand berdi deb o'ylayman. To'g'ri, hamma tartibli hamda masuliyatni his qilgan holda harakat qildi, lekin bular Gondurasni yutish uchun kamlik qildi. Buni esa butun o'zbek futbolining muammosi deb o'ylayman.

-   Qaysi futbolchilarning o'yini sizga yoqdi?
-   Birinchi galda darvozabon Sarvar Karimov. U o'ziga ishongan holda darvozani qo'riqladi. Maydonda to'p surgan futbolchilardan esa hech kim alohida ajralib turmadi.

-   Sizga eng ko'p yoqqan o'yin qaysi bo'ldi?
-   Bu borada Marokash bilan bilan kechgan bahsni ajratib ko'rsatgan bo'lardim. Bunda jamoamiz raqibga har jihatdan qarshilik ko'rsata oldi.

-   Musobaqaning 1/16 finalida Gondurasga imkoniyatni boy berganimiz xususida nima deya olasiz?
-   Ular bilan yomon o'ynamadik. Lekin shu o'rinda Gonduras urgan golga etibor bering: ularning futbolchisi ikki nafar o'yinchimizni aldab o'tib, to'pni chiroyli tarzda sherigiga etkazib berdi. Ular yuzaga kelgan bitta imkoniyatdan ham foydalana olishdi. Bizda esa xuddi shunaqa mahoratli futbolchilar yo'qligi ko'rinib qoldi.
 
-   SHu o'yindagi hakamlik borasida fikringiz?
-   Hakamni har qancha ayblamaylik, bu o'zimizni oqlash uchun bahona bo'la olmaydi. Umuman olganda, g'alaba qozonish uchun aynan hakam xalaqit berdi degan fikrdan yiroqman. To'g'ri, hakamdan ham xatolar o'tdi, ammo aybni avvalo o'zimizdan qidirishimiz kerak.
 
-   Murabbiyning ishi haqida nima deya olasiz?
-   O'z vaqtida Dilshod Nuraliev bilan birga ishlaganim bois uni yaxshi bilaman. Murabbiy qo'ldan kelgan hamma ishni qildi. Jamoani o'z qo'lida ushlab tura oldi. Nuraliev bor etiborni jamoaviy o'yinnni shakllantirishga qaratdi va shuning evaziga natija ko'rsatdi.

-   Sizningcha, shu jamoada to'p surgan o'smirlarni kelajakda nima kutyapti?
-   Hozirdan bir narsa deyish qiyin. Agar kimdir keyinchalik o'sishdan to'xtab qolsa, bu biz uchun yangilik bo'lmaydi. CHunki oliy va birinchi liga saviyasi borgan sari tushib ketayotgani bois ko'plab futbolchilar o'sishdan to'xtab qolishyapti. Toki futbolimiz saviyasi ko'tarilmas ekan, o'yinchilar mahoratini individual jihatdan oshira olmaymiz.
 
-   Murabbiylik faoliyatingizda biror bir yangilik bormi?
-   Yaqin orada yana ish boshlashim mumkin. Variantlar bor, faqat hozircha bu haqda gapirmay turaman.

   Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика