So’nggi yangiliklar

11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  1 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  5 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  11 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  8

Rauf Inileev: "Maqtaaral" klubi taklifini qabul qildim" Yangiliklar

Rauf Inileev: "Maqtaaral" klubi taklifini qabul qildim"

Osiyoning 2007 yildagi eng yaxshi murabbiyi Rauf Inileev nihoyat o'ziga ish joyi topdi.
Ikki yildan ko'proq vaqt mobaynida futboldan chetda bo'lgan tajribali mutaxassis Qozog'iston 1-ligasi vakili "Maqtaaral" klubi bilan shartnoma imzoladi. Tez orada milliy terma jamoamizning sobiq bosh murabbiyi yangi klubini qabul qilib oladi. Biz vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida murabbiyning o'zi bilan bog'landik.

- Rauf Talgatovich, uzunquloq gaplarga ko'ra, Qozog'iston klublarining birida ish boshlashga yaqin turgan ekansiz. SHu rostmi?
- Ha, bu malumotni tasdiqlayman.

- Sir bo'lmasa, aynan qaysi jamoada?
- Qozog'iston 1-ligasi vakili "Maqtaaral" klubida ish boshlayman. Bu jamoa 2012 yili 2-liga g'olibi bo'lgan. O'tgan yili esa professional klub maqomini olgan.

- Rasman shartnoma imzoladingizmi?
- Ha, tez orada jamoani qabul qilib olaman.

"Maqtaaral" Janubiy Qozog'iston viloyati jamoasi bo'lib, o'z uy uchrashuvlarini 4 229 tomoshabinga mo'ljallangan "Markaziy" stadionida o'tkazadi. Etiborlisi, o'tgan yili jamoa tarkibida o'zbekistonlik futbolchilar Ruslan Matniyazov (darvozabon),  Ernes Sedko (hujumchi) hamda Alisher Orifjonov (yarim himoyachi) to'p tepishgan. Fursatdan foydalanib, biz Rauf Inileevga yangi ish joyida muvaffaqiyat tilaymiz. Suhbatning to'liq variatini esa keyinroq etiboringizga havola qilamiz.

Kamoliddin Alimov suhbatlashdi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика