So’nggi yangiliklar

18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  2 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  1 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  3 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  4 13:21"Арсенал" жамоанинг эҳтимолий янги ўйинчисидан хафа  2 12:52"Тоттенхэм" 45 млн евролик харидни амалга ошириши мумкин  1 12:12Санчо Италиянинг қайси клубига ўтмоқчи?  1

Rauf Inileev: "Iordaniyadagi o'yin biz uchun juda muhim" Yangiliklar

Rauf Inileev: "Iordaniyadagi o'yin biz uchun juda muhim"

Xabar berib o'tganimizdek, kecha taniqli mutaxassis Rauf Inileev saytimiz ofisiga tashrif buyurdi.
Rauf Talgatovich bilan muloqot davomida bir qancha savollarga javob oldik. Va albatta, fursatdan foydalanib Inileevdan bugun bo'lib o'tadigan Iordaniya – O'zbekiston uchrashuvi borasidagi fikrlarini ham so'radik. Quyida aynan bugungi o'yinga atalgan savol-javoblarni etiboringizga havola etamiz.

-   Rauf Talgatovich, bugun milliy terma jamoamiz safarda Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi. Mutaxassis sifatida bu o'yindan nima kutyapsiz?

-   Guruh uchrashuvlaridan farqli o'laroq pley-off bahslari ikkita o'yindan iborat va bunda yutqazgan jamoa musobaqadan chiqib ketadi. Sizga aytsam, Iordaniyada bo'lib o'tadigan birinchi o'yin biz uchun juda muhim, chunki dastlabki bellashuvda o'z maqsadiga erisha olmagan jamoaga javob bellashuvida yanada qiyin bo'ladi. Har ikkala jamoa oldiga g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l olish vazifasi qo'yilgani haqida matbuotda tez-tez o'qiyapmiz. SHunday ekan, bugun birinchi navbatda chiroyli o'yin va albatta ijobiy natija kutyapman.
 
-   Imkoniyatlar borasida nima deya olasiz?

-   Menimcha, ikkala uchrashuv natijasiga ko'ra keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bizda ko'proq. CHunki statistik ko'rsatkichlar bo'yicha Iordaniyadan ustunmiz, guruhda uchinchi o'rinni olganimiz bilan ulardan ko'proq ochko jamg'ardik. Qolaversa, o'yinchilarimizning saviyasini ham ularnikiga nisbatan baland deb bilaman. Uchinchidan esa bizdagi legionerlar soni ularga nisbatan ko'proq va bizning legionerlar o'z klublarida zaxirada qolib ketmasdan muntazam maydonga tushishmoqda.
 
-   Demak, tarkibimiz kuchli deb hisoblaysiz?

-   Albatta. Buni isbotlab o'tirish shart bo'lmasa kerak. Yana bir gap, Baqoev, Kapadze, Jeparov singari futbolchilar uchun jahon chempionatiga chiqish bu safar oxirgi imkoniyat bo'lishi mumkin. O'ylaymanki, ular buni yaxshi tushunib turishibdi va maqsadga erishish uchun oxirigacha kurashishlari turgan gap.

-   Iordaniyadan farqli o'laroq biz o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmadik. Bu xalaqit berishi mumkinmi?

-   14 avgust kuni bo'lib o'tishi lozim bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvi nima sababdan qoldirilganini bilmayman. Ammo terma jamoamiz bosh murabbiyi o'rtoqlik o'yinisiz tayyorgarlik ko'rishni lozim topdi va bu uning qarori. To'g'risini aytsam, meni nazorat bellashuvi o'tkazilmagani unchalik xavotirga solayotgani yo'q. Bundan ham muhim masala shuki, bizda eng asosiy o'yinchilardan biri Ignatiy Nesterov jarohat olib qoldi. Bundan tashqari, oxirgi o'yinlarda kam gol urayotganimiz ham tashvishlantiryapti. Qatar bilan uydagi o'yinni hisobga olmaganda, boshqa bellashuvlarda bittadan ko'p to'p kirita olmadik. Oxirgi o'yinlarni tahlil qilib chiqsak, vaziyatlardan foydalanish borasidagi ko'rsatkichlar ancha past ekanligi oydinlashadi.

-   Sizningcha, terma jamoa darvozasini kim qo'riqlagani maqul?

-   Termaga chaqirilgan uchala darvozabon ham bir xil saviyada. To'g'ri, Eldor Suyunovda o'yin amaliyoti kam, biroq unda darvozabon uchun kerakli xislatlar borligi ko'rinib turibdi. Nazarimda, Zuhurovga biroz xarakter etishmayotgandek. Lobanov esa ko'pincha kutilmagan xatolarga yo'l qo'yishi mumkin. To'g'risini aytsam, menga ko'proq Suyunov varianti maqul kelyapti.
 
Xayrulla Xoliqov va Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashishdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика