So’nggi yangiliklar

16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  0 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  4 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  2 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  7 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  3 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5

Rasmiyatchilikmi yoki "Atletiko"ni hisobdan chiqarishga ertami? Yangiliklar

Rasmiyatchilikmi yoki "Atletiko"ni hisobdan chiqarishga ertami?

Evropa chempionlar ligasi finalida "Yuventus"ga kim raqib bo'ladi, degan savolga bugun "Visente Kalderon"dagi bahs javob beradi.


O'tgan bahsda o'z maydonida ajoyib g'alabani tantana qilgan "Real" javob o'yiniga ancha xotirjam yondoshsa bo'ladi. Evropa chempionlar ligasi tarixida yarim finalning dastlabki uchrashuvida ikkita to'p farqi bilan yutqazgan jamoalar ham finalga yo'l ola bilishmagan. Uchta to'p farqi esa bu yanada katta tafovut. SHu boisdan ham "Atletiko"ning finalga chiqish imkoniyatlari nuqtadan ham kichikroq ko'rinmoqda. Lekin Diego Simeone va "matraschilar" futbolchilarining ko'zi bilan qaraganda boshqacharoq. "Atletiko" yarim finalda hech bir jamoa uddalay olmagan ishni bajarmoqchi. aniqrog'i, "matraschilar" "Visente Kalderon"dagi oxirgi evrokubok o'yinida bunga urinib ko'rishadi.
"Real" evrokubok doirasidagi bahslarda "Atletiko"ni doim mag'lub etishni uddalab kelgan. Bugun "Atletiko" ushbu noxush ananaga chek qo'yadimi? Bu savol ham ko'pchilikni qiziqtiradi. "Atletiko" o'z muxlislari uchun ham bugun g'alaba qozonishga bor kuchini sarf etadi.

Bugungi uchrashuv shunchaki rasmiyatchilikmi yoki futbolda uchta to'p farqi yo'q qilib bo'linmaydigan ish emasligini isbotlaydimi "Atletiko"? Buni tunda Madriddagi o'yindan keyin bilib olamiz.


Evropa chempionlar ligasi, yarim final.

Javob o'yini.

"Atletiko" - "Real" (23:45)

"Visente Kalderon" stadioni.

Bosh hakam
: Juneyt CHaqir (Turkiya)

"Atletiko"
: Oblak; Xuanfran, Godin, Savich, Filipe Luis; Koke, Gabi, Saul, Karrasko; Grizmann, Gameyro.
O'ynamaydi: Augusto Fernandes (jarohat)
So'roq ostida: Vrsalko (tizza), Xuanfran (jarohat), Ximenes (jarohat)

"Real": Navas; Nacho, Ramos, Varan, Marselo; Kroos, Kazemiro, Modrich; Isko, Benzema, Ronaldu.
O'ynamaydi: Karvaxal (jarohat), Beyl (jarohat)

Birinchi o'yin: 0:3

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика