Rasmiy xabar: “So'g'diyona” Braziliya va serbiyalik futbolchilar bilan shartnoma tuzdi
24 jan 2020 11:59
Yangiliklar


Rasmiy xabar: “So'g'diyona” Braziliya va serbiyalik futbolchilar bilan shartnoma tuzdi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkent shahrida olib borayotgan “So'g'diyona” klubi bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.
Braziliyalik yarim himoyachi Elivelto Ribeyro Dantos va serbiyalik himoyachi Marko Kolakovich 2020 yilgi mavsumni Jizzax klubida o'tkazishadi. SHuningdek, “So'g'diyona” SHavkat Mullajonov ("Metallurg"dan), Sanat SHixov (AGMKdan), Javohir Qahramonov (“Bunyodkor”dan), Bahodir Nasimov (“Dinamo”dan) kabi mahalliy futbolchilar bilan shartnoma tuzdi.
O'tgan mavsumda “So'g'diyona”da o'ynagan Milan Mitrovich, Jasur Hasanov va Ivan Nagaev klub bilan shartnomalarini o'zaytirishdi.
Malumot uchun:
Elivelto Ribeyro Dantos (Braziliya)
Ampluasi: Yarim himoyachi.
Tug'ilgan sanasi: 02.02. 1992
Marko Kolakovich (Serbiya)
Ampluasi: Himoyachi
Tug'ilgan sanasi: 09.02. 1993
"So'g'diyona" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar