So’nggi yangiliklar

11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  4 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  2 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  6 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  9 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  3 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  43

Rasmiy xabar: Slavche Voyneski - "Paxtakor"ning yangi bosh murabbiyi! Yangiliklar

Rasmiy xabar: Slavche Voyneski - "Paxtakor"ning yangi bosh murabbiyi!

"Paxtakor"ni SHimoliy Makedoniyadan bo'lgan mutaxassis boshqaradi.

47 yoshli murabbiy Slavche Voyneski bilan klubimiz o'rtasida 2022 yil oxiriga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekildi. Bitim tomonlarning xohishi bilan mavsum davomida uzaytirilishi mumkin.

Voyneski SHimoliy Makedoniyada turli toifadagi yoshlar terma jamoalarida uzoq muddatli faoliyati bilan tanilgan. U 1999-2004 yillar oralig'ida o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida ishlagan. 2004-09 yillarda esa milliy terma jamoada yordamchi murabbiy sifatida mehnat qilgan. Asosan Srechko Katanec va Drago Kanatlarovskiga yordam bergan. SHundan keyin Turkiyada "Elazigspor", "Genchlerbirligi", "Gaziantepspor" va "Rizespor" klublari murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan. 2019 yil Slovakiyaning "Sered" klubida bosh murabbiy sifatida ishlagan. U yoshlar bilan tizimni yo'lga qo'yish orqali yaxshi ishlagan mutaxassis sifatida baholanadi.

Umid qilamizki, Slavche Voyneskining "Paxtakor"dagi faoliyati muvaffaqiyatli va sovrinlarga boy kechadi. "Paxtakor"ga xush kelibsiz, Slavche!", - deb yozadi "Paxtakor" matbuot xizmati.

Slavche VOYNESKI
Tug'ilgan sanasi
: 1974 yil 28 aprel.
Fuqaroligi: SHimoliy Makedoniya, UEFA "Pro" licenziyasiga ega.
Faoliyati: 1996-2003 "Metallurg" Skope (yordamchi murabbiy, bosh murabbiy, yoshlar bo'limi rahbari)
2004-09 SHimoliy Makedoniya U-17, U-18, U-19 terma jamoalari bosh murabbiyi
2009-2014 SHimoliy Makedoniya milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi
2015 "Elagigspor" jamoasi yordamchi murabbiyi
2016 "Genchlerbirligi" jamoasi yordamchi murabbiyi
2016-17 "Gaziantepspor" jamoasi yordamchi murabbiyi
2017-18 "Rizespor" jamoasi yordamchi murabbiyi
2019 "Sered" jamoasi bosh murabbiyi.


Eslatib o'tamiz, 7 yanvar kuni Championat.asia sayti ushbu murabbiy "Paxtakor" bosh murabbiyi bo'lishi haqida yozgan edi.  


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика