So’nggi yangiliklar

05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  0 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  2 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  5 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  5 00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  13 23:43"Арсенал" Райс билан музокараларни бошлади  1 23:17"Челси" футболчиси бир ўйинга четлатилди  0 22:52"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  3 22:30Майкл Оуэн АПЛнинг энг яхши жамоаси номини айтди  2 22:09Лиам Росеньор: "Челси"да ҳали имкониятлар бор. ЕЧЛда 3 гол фарқидан чиқиб кетиш ҳолатлари кўп бўлган"  5 21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  3 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  0 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  2 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  11 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0

Rasmiy xabar: “SHo'rtan”ga yangi bosh direktor tayinlandi Yangiliklar

Rasmiy xabar: “SHo'rtan”ga yangi bosh direktor tayinlandi

23 fevral sanasida “SHo'rtan” futbol klubi boshqaruv tizimida o'zgarish yuz berdi.

SHu kunga qadar klub bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan Kamoliddin Rahimov “SHo'rtan” Professional Futbol Klubi  MCHJ bosh homiysi va asosiy tasischi hisoblangan “SHo'rtanneftgaz” MCHJ rahbariyatining buyrug'iga ko'ra, egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Uning o'rniga “SHo'rtan” futbol klubining bosh direktori etib jamoada ko'p yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan va hozirgi kunda klubning sport ishlari bo'yicha direktori lavozimida ishlab kelayotgan Viktor Georgievich Aleshnikov tayinlandi.

Butun hayotini futbolga bag'ishlagan V.G.Aleshnikov, dastlabki ish faoliyatini Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanidagi BO'SMda boshlagan. 1977 yilda Respublika “Paxtakor” jamiyati Markaziy Kengashi tomonidan “Eng yaxshi murabbiy” deb topilgan. 1978 yildan esa hakamlik sohasini ham boshlagan. Respublika toifasidagi hakam sifatida O'zbekiston CHempionati, Kubogi bahslari hamda sobiq Ittifoq CHempionati uchrashuvlarini boshqargan.

Professional murabbiy sifatidagi ish faoliyatini 1994 yili Surxondaryoning “SHo'rchi” jamoasida bosh murabbiylikdan boshlagan. 2000 yillardan etiboran esa o'z taqdirini bevosita “SHo'rtan” jamoasi bilan bog'ladi. G'uzorda ko'p yillar bosh murabbiylikdan toki, murabbiy, futbol maktabi direktorligi, klubda avval texnik direktor, keyin esa sport ishlari bo'yicha direktor lavozimlarida fidokoran mehnat qilib keldi. O'tgan yillar davomida Viktor Aleshnikov jonkuyar ustoz sifatida juda ko'plab shogirdlarni tarbiyalab, kamolga etkazdi. Bugungi kunda uning shogirdlari jamiyatimizning turli sohalarida faol mehnat qilib, Vatanimiz ravnaqi uchun o'z bilim va ko'nikmalarini qo'shib kelishmoqda. Ulardan bazilar esa futbolda, jumladan Erkin Mirzaev “SHo'rtan” klubining o'zida samarali mehnat qilishmoqda.

Yangi ish va masuliyatli lavozimda tajribali mutaxassis Viktor Aleshnikovga klubi xodimlari va barcha muxlislari nomidan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Uning rahbarligida “SHo'rtan” mamlakatimiz futbolidagi o'z mavqei, o'rni va obro'sini yana tiklab olishiga ishonamiz.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика