Rasmiy xabar: SHapekoense Sudamerikan kubogi sohibi deb elon qilindi
05 dek 2016 23:14
Yangiliklar
Rasmiy xabar: SHapekoense Sudamerikan kubogi sohibi deb elon qilindi
Janubiy Amerika futbol Konfederaciyasi (KONMEBOL) SHapekoense klubini 2016 yilgi Sudamerikan kubogi g'olibi deb elon qildi.
Braziliya klubi vakillari o'tirgan samolyot dastlabki final uchrashuviga uchib ketayotganida aviahalokatga uchragandi.
Finaldagi bu jamoaning raqibi Kolumbiyaning Atletiko Nasonal klubi SHapekoensega kubokni berish taklif bilan chiqqandi. Kolumbiyaliklar musobaqa vice-chempioni deb elon qilindi va feyr-pley sovriniga ega bo'lishdi. Bundan tashqari Atletiko Nasonal 1 million dollar mukofot puli oladi.
SHu tariqa, SHapekoense o'z tarixida ilk bor Janubiy Amerika kubogi sohibiga aylandi.
O’xshash yangiliklar
22:55
Xose Venansio Lopes: "Agar bu rasmiy o'yin bo'lganida bunday tavakkalga qo'l urmagan bo'lardik" 2
23:40
Qozog'iston Liga kubogi. "Turon" va "Ordabasi" o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi 1
Fikrlar