So’nggi yangiliklar

18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  0 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  0 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   5 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  7 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0

Rasmiy xabar: Sergey Kovshov - "SHo'rtan" bosh murabbiyi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Sergey Kovshov - "SHo'rtan" bosh murabbiyi

Bugun kunning ikkinchi qismida “SHo'rtan” (G'uzor) klubi boshqaruvida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. O'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan “Oq bo'rilar” boshqaruviga, jamoa bosh homiysi - “SHo'rtanneftgaz” MCHJ rahbariyati, klub prezidenti SHokir Davlatovich Jabborov qaroriga ko'ra, tajribali mutaxassis S.Kovshov rasman tayinladi.

O'z davrida mamlakatimizning bayroqdor jamoasi - “Paxtakor” tarkibida to'p surgan, katta tajribaga ega Sergey Gennadevich, taqdir taqqazosi bilan “SHo'rtan” murabbiyligini ikkinchi bor qo'lga olmoqda. G'uzorlik va umuman olganda, mamlakatimizning ko'p ming sonli muxlislari Sergey Kovshov 2007-2008 yillar oralig'ida “Oq bo'rilar” jamoasini muvaffaqiyatli boshqarganligini yaxshi bilishadi. Mahalliy muxlislar hurmati, etibori va mehrini qozongan, ular nazarida yaxshi mutaxassis hamda inson sifatida gavdalanib qolgan yangi murabbiy G'uzorda juda katta xursandchilik bilan kutib olindi.

Xullas, shu bugundan etiboran Sergey Gennadevichga murabbiylar guruhida Akmal Saitqulov hamda Erkin Mirzaevlar yordam berishadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика