Rasmiy xabar: "Paxtakor" germaniyalik futbolchi bilan shartnoma tuzdi
21 iyu 2023 12:44
Yangiliklar


Rasmiy xabar: "Paxtakor" germaniyalik futbolchi bilan shartnoma tuzdi
19 yoshli hujumkor yarim himoyachi Germaniyada tug'ilgan va "Kayzerslautern" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning otasi – qirg'izistonlik, shuning uchun Merk 2023 yildan beri Qirg'iz Respublikasi yoshlar terma jamoasida o'ynab kelmoqda. Mart oyida u U-20 Osiyo Kubogida mamlakat terma jamoasi tarkibida maydonga tushdi. SHuningdek, Kimi U-23 terma jamoasida ham o'ynagan va yaqinda Qirg'iz Respublikasi milliy terma jamoasidan chaqiruv oldi.
Poziciyasiga ko'ra, Merk hujumkor yarim himoyachi, ammo u hujumning qanotlarida ham o'ynay oladi. Yaqinda u 19 yoshga to'ldi. Merkning kuchli tomonlari – to'pga egalik qilish, kombinacion futbol o'ynash va maydonni ko'ra olish. U-20 Osiyo Kubogida u Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi etakchilaridan biri bo'ldi, jamoani boshqardi va tez-tez aqlli paslarga mualliflik qildi.
Kimi Merk 2 hafta davomida "Paxtakor" bilan shug'ullandi va bugun "sherlar" bilan ko'p yillik shartnomaga imzo chekdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar