Rasmiy xabar: Niderlandiya terma jamoasini de Bur boshqaradi
24 sen 2020 00:31
Yangiliklar


Rasmiy xabar: Niderlandiya terma jamoasini de Bur boshqaradi
Xabaringiz bor, Ronald Kuman "Barselona" boshqaruviga o'tib ketgach Niderlandiyaning bosh jamoasi murabbiysiz qolgandi.
Frank de Bur milliy jamoaning yangi murabbiyiga aylandi, deb xabar berdi "onsoranje.nl".
Tomonlar 2022 yilga qadar hamkorlik qilishga kelishib olishgan.
De Burning so'nggi klubi "Atlanta Yunayted" (iyul oyida istefo bergan) bo'lgan edi. Mutaxassis bunga qadar Amsterdamning "Ayaks", Milanning "Inter" va Londonning "Kristal Pelas" klublarida ishlagan. Frank de Bur boshchiligidagi "Ayaks" 4 bor Niderlandiya chempioni bo'lgan (2010/2011, 2011/2012, 2012/2013, 2013/2014) va bir marta mamlakat Superkubogida (2013) zafar quchgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar