So’nggi yangiliklar

02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  3 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  5 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  5 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  13 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  173 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  18 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  2

Rasmiy xabar: “Neftchi”da o'zgarishlar boshlandi Yangiliklar

Rasmiy xabar: “Neftchi”da o'zgarishlar boshlandi

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi “Bunyodkor”ga qarshi O'zbekiston Kubogi chorak final dastlabki uchrashuvidan so'ng tatilga chiqdi.
Jamoa 7 iyulga qadar xordiq oladi. SHundan so'ng Qirgulida ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayoni boshlanadi va 16 iyulgacha futbolchilar Farg'onada shug'ullanadi. 17 iyul sanasidan boshlab yig'in Toshkentda davom ettiriladi. Poytaxt yig'inida 2 ta o'rtoqlik uchrashuvi rejalashtirilgan. Vadim Abramov shogirdlari 18 iyul kuni “Qizilqum”ga  qarshi bellashishsa, 21 iyulda tibbiy ko'rikdan o'tishgach, shu kuni “Qo'qon-1912” jamoasi bilan navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi. SHundan so'ng, jamoa 26 iyul kuni “Bunyodkor” bilan O'zbekiston Kubogidagi javob o'yinida qatnashadi.

Jamoaning birinchi davradagi qoniqarsiz natijalaridan so'ng klub rahbariyati murabbiylar shtabida jiddiy o'zgarishlarga qo'l urdi. Andrey Fyodorov o'rniga bosh murabbiylik lavozimiga Vadim Abramov taklif qilindi. Biroq Vadim Abramov murabbiylik davridagi natijalarda ham ijobiy o'zgarishlar kuzatilmadi. Murabbiy mazkur davr mobaynida asosan jamoa futbolchilarini ko'zdan kechirdi va amaldagi tarkibdan bir qator futbolchilarning saviyasi bosh murabbiyni qoniqtirmadi. Mutaxassis bir oylik qisqa faoliyatidan shunday xulosaga keldiki, jamoa tarkibi islohotlarga muhtoj. SHu sababli davralar oralig'ida har bir chiziqni kuchaytirish bo'yicha selekciya ishlari olib boriladi. Biroq ayni paytda ko'plab yuqori saviyali va kuchli futbolchilarni o'z klublari bilan amaldagi shartnomasi borligi tufayli, Vadim Karlenovich selekciya jarayonini faol tarzda o'tkazish imkoniyatiga ega emas. Lekin imkon darajasida tarkib yaxshi saviyali ijrochilar bilan shakllantirishga urg'u beriladi.

Hozirga kelib jamoa o'zining sobiq vakillari bo'lmish Mansur Saidov, Otabek Haydarov va Samarqandning “Dinamo” jamoasida ijarada bo'lgan Abdujamol Isroilovlarni ortga qaytardi. SHuningdek 5-6 nafar yangi futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Mazkur muzokaralar Toshkent yig'ini boshlangunga qadar hal bo'lishi kutilmoqda. “Neftchi”ni birinchi davradan so'ng bir qator futbolchilar tark etishdi. Otabek Isroilov, Ruslan Matniyazov, Nikita Pavlenko hamda Akrom Bahriddinovlar ikkinchi davrani boshqa jamoada davom ettirishadi. Tarkibda yana bir qator o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda.

“Neftchi” PFKning ayni paytdagi eng asosiy maqsadi ikkinchi davrada jamoani turnir jadvalining yuqori pog'onalaridan joy egallash va muxlislarni stadionga qaytarish sanaladi. Jamoaning ikkinchi davradagi natijalari Vadim Abramovning zimmasida bo'ladi. Vadim Karlenovich uchun klub rahbariyati barcha sharoitlarni yaratib bergan va uni to'liq qo'llab-quvvatlaydi.

“Neftchi” matbuot xizmati


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика