Rasmiy xabar: "Nasaf" OFK kubogi uchun licenziya oldi
16 dek 2020 20:58
Yangiliklar


Rasmiy xabar: "Nasaf" OFK kubogi uchun licenziya oldi
Osiyo Futbol Konfederaciyasi rasmiy saytida kelasi yilgi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun licenziya olgan klublar ro'yxati elon qilindi.
Unga ko'ra, OFK CHempionlar ligasi-2021da ishtirok etish uchun licenziyaga ega bo'lgan O'zbekiston klublari 7 tani tashkil etadi: “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Navbahor Lochinlari”, “Metallurg”, AGMK, “So'g'diyona”.
SHuningdek, OFK kubogi-2021 musobaqasida ishtirok etish uchungina licenziya ola bilgan O'zbekiston klubi – “Nasaf”.
Nufuz jihatidan yuqorida turuvchi OCHL uchun licenziya olgan klub agar musobaqaning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'ta olmasa, OFK kubogida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Qayd etish joiz, OFK bayrog'i ostidagi musobaqalarda qatnashish uchun klub sport mezonlari bo'yicha sovrindor bo'lishi va shu bilan bir qatorda licenziyalash jarayonidan muvaffaqiyatli o'tishi lozim sanaladi.
O’xshash yangiliklar
17:41
VAR ishlamagan, ikkita kamerada translyaciya qilingan "Dinamo" – "Nasaf" bellashuvidan GALEREYA 6

Fikrlar