Rasmiy xabar: Javohir Qahramonov - "Neftchi" azosi!
22 dek 2023 17:07
Yangiliklar
Rasmiy xabar: Javohir Qahramonov - "Neftchi" azosi!
"Neftchi" yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun tajribali futbolchi Javohir Qahramonov "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi.
Malumot uchun, Javohir Qahramonov o'tgan mavsumni O'zbekiston Superligasi vakili Jizzaxning “So'g'diyona” klubida o'tkazdi. Futbolchi Superligada jami 25 ta uchrashuvda 2243 daqiqa harakat qilib, 6 gol urdi va 2 ta golga assistentlik qilgan.
Javohir Qahramonov "Neftchi" bilan shartnoma iizolagach shunday dedi: "Neftchi" qanday klubligini yaxshi bilaman, Farg'onaga medallar uchun kurashish uchun keldim. Tez orada farg'onalik muxlislarga olam-olam quvonch ulashish uchun qo'limdan kelgancha harakat qilaman! "Neftchi", OLG'A!
Javohir Qahramonovga jamoamizdagi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz!", - deb yozadi "Neftchi" matbuot xizmati.

O’xshash yangiliklar
00:26
Iroq. Sherzod Temirovning goli "Erbil"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi, u 8 ta bahsda 8 ta gol urdi 2
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar