Rasmiy xabar: Jasurbek Yaxshiboev ECHLda "Real"ga qarshi o'ynaydigan jamoaga o'tdi!
31 avg 2021 00:20
Yangiliklar
Rasmiy xabar: Jasurbek Yaxshiboev ECHLda "Real"ga qarshi o'ynaydigan jamoaga o'tdi!
Tibbiy ko'rikdan keyin tomonlar shartnoma imzolaydi. "Paxtakor" futbol klubi tarbiyalanuvchisi 2020 yilda Belarusning "Energetik-BGU", keyinchalik "SHaxtyor" jamoalari tarkibida o'ynagandi. Yil boshida "Legiya"ga ko'chib o'tgan futbolchi jamoa tarkibida birorta o'yinda maydonga tushmadi.
Qayd etish kerak, "SHerif" Moldova tarixida ilk marta ECHL guruh bosqichiga yo'llanma oldi va birinchi urinishdayoq "o'lim" guruhidan o'rin oldi.
Jamoa ECHLda Doneckning "SHaxtyor", Madridning "Real"i va Milanning "Inter"iga qarshi bahs olib boradi.
Championat.asia malumotlariga ko'ra, "Legiya" uzoq vaqt jarohatini tiklash bilan band bo'lgan futbolchini aynan CHL oldidan tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan "SHerif"ga 6 oyga ijaraga berdi. Bundan tashqari, Polsha klubi hamyurtimizda ko'proq o'yin amaliyoti bo'lishini istadi.
Fikrlar