Rasmiy xabar: Jasur Jaloliddinovning yangi klubi malum
25 okt 15:55
Yangiliklar
Rasmiy xabar: Jasur Jaloliddinovning yangi klubi malum
O'zbekistonlik yarim himoyachi yana legionerga aylandi.
Ozarbayjonning "Sumgait" klubi Jasur Jaloliddinov bilan shartnoma tuzilgani haqida elon qildi. O'zbekistonlik futbolchi yangi klubda 77-raqamda o'ynaydigan bo'ldi.
22 yoshli futbolchi bunga qadar "Bunyodkor", "Lokomotiv" Moskva, "Tambov", "Andijon", "Lokomotiv" (Toshkent), "Qayrat", "Olimpik" va "Neftchi" klublarida to'p tepgan.
Malumot uchun, "Sumgait" 2010 yilda tashkil etilgan. O'z uy o'yinlarini 15350 tomoshabinga mo'ljallangan "Sumgait Siti" stadionida o'tkazib kelmoqda.
Ayni paytda ushbu klubda o'zbekistonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan hujumchi Silvanus Nimeli va himoyachi Milosh Milovich to'p tepmoqda. "Sumgait" Ozarbayjon chempionatida 10 ta o'yindan 7 ochko to'plab, 10 ta klub orasida 8-o'rinda bormoqda.
Fikrlar