Rasmiy xabar: "Energetik-BGU" Bobir Abdixoliqov va SHahzod Ubaydullaev transferini elon qildi
15 iyu 2021 16:26
Yangiliklar
Rasmiy xabar: "Energetik-BGU" Bobir Abdixoliqov va SHahzod Ubaydullaev transferini elon qildi
O'tgan mavsum bu jamoa safida Jasur Yaxshiboev, SHahboz Umarov va Humoyunmirzo Iminov kabi o'zbekistonlik futbolchilar to'p tepishgandi.
Bu yil yozgi transfer oynasi vaqtida ikki nafar o'zbekistonlik hujumchilar SHahzod Ubaydullaev va Bobir Abdixoliqov ushbu klub safini to'ldirdi.
Malumotlarimizga ko'ra, yaqindagina rahbariyat tomonidan "Energetik-BGU" oldiga mavsumni kuchli uchlikda yakunlash vazifasi qo'yilgan. Mana shu vazifani bajarish uchun klub o'zbekistonlik ikki hujumchini o'z safiga chorladi.
Malumot uchun, "Energetik-BGU" ayni paytda Belarus chempionatining eng yosh jamoasi hisoblanadi. Klubning o'rtacha yoshi 22,7ga teng. "Energetik-BGU"ning maqsadi yosh futbolchilarni o'ynatib ularni yanada kuchliroq klublarga transfer qilish hisoblanadi. O'tgan yil klub Ilya SHkurinni Moskvaning CSKA, Jasur Yaxshiboevni Soligorskning "SHaxtyor" klublariga transfer qilgandi.
Fikrlar