So’nggi yangiliklar

11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  0 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  1 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  4 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  10 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  3 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  12 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  1 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1

Rasmiy xabar: "Dinamo" va "Surxon" Superligada o'ynaydi Yangiliklar

Rasmiy xabar: "Dinamo" va "Surxon" Superligada o'ynaydi

Superliganing 2019 yilgi mavsumida 14ta klub ishtirok etadi. O'zbekiston futbol associaciyasi Licenziyalash qo'mitasi “Surxon” hamda “Dinamo” klublariga shartli ravishda Superliga yo'llanmasini taqdim etdi.

O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati hududlarda futbolni rivojlantirish yo'lida jonbozlik ko'rsatayotgan viloyat hokimlarini qadrlaydi. Bungacha Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, Andijon viloyati hokimi SHuhrat Abdurahmonov kabilar viloyat futbolini rivojlantirish yo'lida katta hamjdagi ishlarni amalga oshirayotgandi. Ortda qolgan bir necha oy davomida esa Surxondaryo va Samarqand viloyatlari hokimlari ham O'FA bilan to'laqonli hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

“Surxondaryo viloyati bir necha yillar davomida katta futboldan uzoqda qoldi. Erkinjon Turdimov mazkur viloyatga rahbar etib tayinlangach, viloyat futbolida ijobiy o'zgarishlar kuzatila boshlandi. Ayni vaqtda “Surxon” futbol klubi Licenziyalash qo'mitasi ilgari surgan barcha talablarni bajardi. Viloyatdagi bosh stadionni tamirlashda ayni vaqtdagi hokim Bahodir Po'latov ham o'z yordamini ayayotgani yo'q. Erkinjon Turdimovning o'zi esa endilikda Samarqand viloyatida futbolni ko'tarish ishlarini boshlab yubordi. Mazkur ishlar O'zbekiston futbol associaciyasining etiboridan chetda qolmaydi. SHuningdek, har ikki viloyatda millionlab futbol muxlislari katta futbolni sog'inib qolgani uchun ham “Dinamo” va “Surxon”ga shartli ravishda Superliga yo'llanmasini taqdim etish bo'yicha qaror qabul qilindi”, — deb mazkur holatga o'z munosabatini bildirdi O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov.

Bungacha Professional futbol ligasi 12ta klub ishtirok etishi uchun mo'ljallangan format va reglamentni taqdim etib ulgurgandi. Keyinroq bu masala Licenziyalash qo'mitasi va O'FA Ijroqo'mi azolari o'rtasida tahlil qilindi. Unda qator fikrlar bildirildi, jamoalar sonining oshishi munozaralarga sabab bo'ldi. Yakunda O'FA Ijroqo'mi Professional futbol ligasiga yangi talab bo'yicha ayrim bandlari o'zgartirilgan reglamentni tasdiqdan o'tkazish uchun bir hafta muhlat belgiladi. Qo'shimchasiga, bugun — 25 fevral kuni bo'lib o'tadigan Superliganing 2019 yilgi mavsumi uchun qura tashlash marosimida “Surxon” va “Dinamo” vakillari ham ishtirok etishiga ruxsat berdi.

“CHempionat startiga bir necha kun qolganda shunday qaror qabul qildik. Bungacha Superliganing 12ta klubini o'z talablarimiz bo'yicha ishlashga unday oldik. Endi esa yana ikki klub ularga etib olish yo'lida mehnat qiladi. Bizning maqsadimiz iloji boricha kattaroq hududlarni futbol bilan qamrab olish, iloji boricha ko'proq muxlislarni futbolga qaytarishdan iborat. Mana shunday katta maqsadlar yo'lida reglamentlardagi kichik o'zgarishlargacha borishga tayyormiz”, — dedi Umid Ahmadjonov.

Superliganing yangi formati va uning atrofidagi qolgan jarayonlar haqida Professional futbol ligasi rasman malumot beradi.

Reyting: -192   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика