Rasmiy xabar: Brunu Fernandesh MYU bilan shartnoma imzoladi

30 yanv 2020, 22:30
"Sporting" yetakchisi Brunu Fernandesh faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettiradi.

Biroz avval Fernandesh "Manchester Yunayted" qarorgohiga kelgani va nechanchi raqamda o'ynashi haqida xabar bergandik.

Ingliz klubi futbolchining transferini e'lon qildi. 25 yoshli xavbek bilan besh yarim yillik shartnoma imzolandi (bitimga hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish to'g'risidagi band ham kiritilgan).

Portugaliyalik futbolchining yillik maoshi bonuslardan tashqari 6 mln evro qilib belgilangan. "Yunayted" Brunu uchun 67,7 million funt(bonuslar bilan) to'laydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/ManUtd