Rasmiy xabar: Baxtiyor Ashurmatov - “Surxon” bosh murabbiyi
27 iyu 2019 14:31
Yangiliklar


Rasmiy xabar: Baxtiyor Ashurmatov - “Surxon” bosh murabbiyi
Bugun “Surxon” futbol klubida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.
Ushbu yig'ilishda “Surxon” jamoasining barcha azolari ishtirok etishdi. Yig'ilishni “Surxon” futbol klubi bosh direktor o'rinbosari Alisher Rustamov ochib berdi.
O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan “Surxon” jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. O'zbek futboli muxlislari uchun taniqli bo'lgan, tajribali mutaxassis Baxtiyor Ashurmatov “Surxon” jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
"Menga bildirilgan ishonch uchun avvalmbor “Surxon” futbol klubi rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ishonamanki, biz bir oila bo'lib shakllanib, faqat yuqori maqsadlar sari intilamiz", – deydi Baxtiyor Ashurmatov.
Eslatib o'tamiz, Ashurmatov o'tgan mavsumda AGMK klubi bilan O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar