So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  22 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Rasmiy xabar: Baxtiyor Ashurmatov - AGMK bosh murabbiyi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Baxtiyor Ashurmatov - AGMK bosh murabbiyi

Bugun kunning ikkinchi yarmida AGMK istiqomat qilayotgan "O'zbekiston" mehmonxonasida jamoa azolari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

AGMK futbol klubi bosh direktori Ibrohim Yuldashev jamoada yuzaga kelgan o'zgarishlar borasida so'z yuritib, joriy mavsumda jamoani qolgan vaqt mobaynida kim boshqarib borishiga oydinlik kiritdi.

Jamoa rahbariyati AGMKni mavsum yakuniga qadar taniqli murabbiy Baxtiyor Ashurmatov boshqarishini lozim topganligi elon qilindi.

Baxtiyor Azamovich shu kunga qadar "Buxoro" futbol klubi murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgandi.

Jamoa rahbariyati jamoa oldiga qo'yilgan vazifa o'zgarmaganligini takidlab o'tdi. SHu bilan bir qatorda yangi murabbiyga Olmaliqdagi faoliyati omadli bo'lishiga tilak bildirildi.

O'z navbatida Baxtiyor Azamovich ham so'z olib, bildirilgan ishonch uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi. Masuliyatli yo'lda, jamoa oldiga qo'yilgan vazifani ado etish borasida jiddiy ish olib borishini aytib o'tdi. Ashurmatovdan tashqari bunga qadar yoshlar jamoasida faoliyat olib borgan Azam SHerg'oziev ham asosiy tarkibga o'tkazildi.

Yaqin kunlarda jamoada yuzaga kelgan boshqa bo'sh o'rinlarga ham munosib nomzodlar saralab olinadi.

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика