So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Rasmiy xabar: Ulug'bek Baqoev "Buxoro" bilan shartnoma tuzdi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Ulug'bek Baqoev "Buxoro" bilan shartnoma tuzdi

Buxoro klubi o'z safiga tajribali hujumchi Ulug'bek Baqoevni qo'shib oldi.
Futbolchi "Buxoro" klubi bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
 
Baqoev bu borada shunday dedi: Bu oddiy qaror edi - "Buxoro" safida yana o'ynash taklifidan voz kecha olmasdim. Bu klub men uchun ikkinchi uyim bo'lgan.

G'alaba qozonish istagi hech qachon yo'qolmaydi va men jamoaga foyda keltirishga harakat qilaman. Faoliyatimning yangi bosqichini boshlayapman.

Klub direktori Gennadiy Kochnev quyidagilarni aytib o'tdi: O'zbekistonning eng yaxshi hujumchilaridan birini o'z tarkibimizga qo'shib oldik. Uni juda yaxshi taniyman, klubimiz tarixida u yorqin iz qoldirgan. Ulug'bek yangi tarix yozish uchun qaytdi.

Baqoev 2001 yil "Buxoro" safida 21ta gol urgan. Ushbu natija klub uchun hamon rekord sanaladi.

Jamoaviy yutuqlari
O'zbekiston chempioni: 2008
O'zbekiston kubogi sohibi: 2008
Qozog'iston chempioni: 2010
Qozog'iston kubogi sohibi: 2007
Intertoto kubogi sohibi: 2007

SHaxsiy yutuqlar
"Buxoro" klubi rekordchisi:  2001 yil (21ta gol)
GOAL jurnali talqiniga ko'ra Qozog'istonda yil futbolchisi: 2012
Sports.kz sayti talqini bo'yicha "Olmos" sovrini sohibi: 2011, 2012 yillar
Qozog'iston chempionati to'purari: 2004 (22ta gol)
Qozog'iston chempionati to'purari: 2010 (16ta gol)
Qozog'iston chempionati to'purari: 2011 (18ta gol)
Qozog'iston chempionati to'purari: 2012 (14ta gol)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика