Rasmiy xabar: Sergey Lushan – “Bunyodkor” bosh murabbiyi
03 iyu 2014 17:57
Yangiliklar
Rasmiy xabar: Sergey Lushan – “Bunyodkor” bosh murabbiyi
3 iyun kuni “Bunyodkor” futbol klubida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda jamoa azolariga yangi bosh murabbiy Sergey Lushan rasman tanishtirildi.
Sergey Ivanovich “Bunyodkor” futbol klubi uchun begona emas. U 2007-2008 yillar davomida “qaldirg'ochlar” safida harakat qilgan. 2009 yildan boshlab futbol maktabimizda yosh sportchilar bilan ishlab kelayotgandi. SHuningdek, u o'z shogirdlari bilan birga “Bunyodkor-2” nomi ostida birinchi liga bahslarida qatnashdi. “Bunyodkor” yoshlar jamoasi bilan ham ishladi. Umuman olganda, Sergey Lushan “Bunyodkor” futbol maktabiga poydevor qo'ygan insonlardan biri. U bosh murabbiylikkacha bosqichlarni bosib o'tgani ham etiborga molik.
Sergey Lushanning “Bunyodkor” FK bosh murabbiyligidagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz.
BIZNING MA'LUMOT:
To'liq ismi: Sergey Ivanovich Lushan
Tug'ilgan sanasi: 09.04.1973
Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri
Futbolchilik faoliyati:
Yil |
Jamoa |
O' |
G |
1993 |
“Patriot” (Moskva, Rossiya) |
? |
? |
1993 |
“Madanchi” (Bekobod) |
11 |
1 |
1994-1996 |
“Okean” (Naxodka, Rossiya) |
93 |
11 |
1997-1999 |
“Krilya Sovetov” (Samara, Rossiya) |
65 |
3 |
2000-2002 |
“Rostselmash” (Rostov, Rossiya) |
52 |
0 |
2003 |
“Krilya Sovetov” (Samara, Rossiya) |
5 |
0 |
2004 |
“Uralan” (Elista, Rossiya) |
3 |
0 |
2005 |
“Metallurg” (Lipeck, Rossiya) |
26 |
1 |
2006 |
“Yunit” (Samara, Rossiya) |
21 |
1 |
2007-2008 |
“Bunyodkor” (Toshkent) |
39 |
6 |
1998-2003 |
O'zbekiston milliy terma jamoasi |
28 |
1 |
Murabbiylik faoliyati: 2009-2010 “Bunyodkor” futbol maktabi murabbiyi, 2011-2013 “Bunyodkor” yoshlar jamoasi murabbiyi, 2013-2014 “Bunyodkor” farm-klubi murabbiyi, 2014 yildan boshlab O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi, 2014 yil iyun oyidan “Bunyodkor” FK bosh murabbiyi.
Fikrlar