Rasman: Yaya Ture Ukraina jamoasida ish boshladi
10 fev 2021 21:15
Yangiliklar


Rasman: Yaya Ture Ukraina jamoasida ish boshladi
“Barselona” va “Man Siti” sobiq azosi Yaya Ture Ukrainaga etib keldi.
U Doneckning “Olimpik” jamoasi ustozi Igor Klimovskiyning murabbiylar shtabidan o'rin oladi. Ture bilan shartnoma esa 2021 yil yozigacha tuzilgan.
“Endi Turening hayotida yangi bosqich paydo bo'ldi. Ivuarlik murabbiylik faoliyatini boshlaydi. Uning starti “Olimpik”dan boshlanayotgani esa biz uchun sharafdir. Ture Klimovskiyning murabbiylar shtabiga kiradi va Igor Petrovichdan nafaqat o'rganadi, balki, o'zining fantastik tajribasi bilan ham o'rtoqlashadi”, deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Ture 2003-2005 yillarda Doneckning "Metallurg" klubida to'p tepgan. Xavbek 2020 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Uning so'nggi klubi esa Xitoyning "Cindao Xaynyu" jamoasi bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar