Rasman: Vesko Steshevich istefoga chiqdi
17 iyu 2024 12:56
Yangiliklar
Rasman: Vesko Steshevich istefoga chiqdi
"Bunyodkor" jamoasi bilan o'tkazilgan uchrashuvdan so'ng Vesko Steshevich vazifasidan ozod etishlarini so'rab, klub rahbariyatiga murojaat etgandi. Bugun "Metallurg" rahbariyati chernogoriyalik mutaxassis va uning yordamchisi Nenad Vukchevichning o'z hohishiga ko'ra ishdan ozod etish borasidagi arizasini ko'rib chiqdi va har ikkala mutaxassisning so'rovini qanoatlantirish yuzasidan qaror qabul qildi.
Vesko Steshevich "Metallurg" ruliga 2023 yilning mart oyi oxirida kelgandi. Uning rahbarligida bekobodliklar milliy chempionat bahslarida jami 32 ta uchrashuvda maydonga chiqdi.
2023 yilgi mavsum: 22 o'yin, 7 ta g'alaba, 6 ta durang, 9 ta mag'lubiyat, to'plar farqi – 24:26.
2024 yilgi mavsum: 10 ta uchrashuv, g'alaba yo'q, 6 ta durang, 4 ta mag'lubiyat, to'plar farqi – 8:12.
Avvalroq Superligada kutilgan istefo ro'y bergani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar