So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  2 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  5 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Rasman: Vadim Afonin - "Lokomotiv" futbolchisi! Yangiliklar

Rasman: Vadim Afonin - "Lokomotiv" futbolchisi!

Transfer darchasi yopilishiga sanoqli kunlar qolganida "Lokomotiv" yana bir futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

O'z vaqtida "SHo'rtan" klubi hamda O'zbekiston milliy terma jamoasidagi o'yinlari orqali muxlislarga tanilgan Vadim Afonin Rossiyadagi 7 yillik faoliyatdan so'ng yana yurtimizga qaytdi. Endilikda u "temiryo'lchilar" sharafini himoya qiladi. 

Malumot uchun: 

Vadim Afonin

Tug'ilgan sanasi: 29.09.1987

Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri

Ampluasi: yarim himoyachi

Bo'yi 180 sm, vazni 74 kg. 

Futbolchilik faoliyati: 

2005 – «Traktor»

2006-2008 – «Rubin» (Rossiya)

2009-2012 – «SHo'rtan»

2013 – «Salyut» (Rossiya)

2014-2017 – «Orenburg» (Rossiya)

2017 – «Anji» (Rossiya)

2018-2019 – «Orenburg» (Rossiya)

Vadim Afonin O'zbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoalarida bir nechta o'yinlarda maydonga tushgan, shuningdek 2012-2017 yillar oralig'ida O'zbekiston milliy terma jamoasida harakat qilgan. 

Afonin Toshkentning sobiq "Traktor" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional futboldagi faoliyatini 2005 yil shu klubda boshlagan. "Traktor" asosiy tarkibidan joy olgan yarim himoyachi o'zining yagona mavsumida 25ta o'yinda maydonga tushgan. 

2006 yil Afonin Rossiyaga yo'l olib Qozonning "Rubin" klubi bilan shartnoma imzolaydi hamda dastlab o'rinbosarlar safida to'p tepadi. "Rubin" asosiy tarkibida Rossiya Kubogi 1/16 final bosqichida "Smena"ga qarshi maydonga tushib o'z debyutini to'liq o'tkazgan. 

Afonin 2009 yil O'zbekistonga qaytib "SHo'rtan" bilan shartnoma imzolaydi va 2012 yil oxirigacha g'uzorliklar sharafini himoya qiladi. 2011 yil u "SHo'rtan" safida OFK Kubogi o'yinlarida ishtirok etganini ko'pchilik yaxshi eslasa kerak. Bundan tashqari "SHo'rtan"ning OFK Kubogidagi ilk goli muallifi ham aynan Vadim Afonin hisoblanadi.

Keyinchalik mohir yarim himoyachi yana Rossiyaga yo'l olib "Salyut", "Anji", "Orenburg" klublarida harakat qildi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика